VAGON AGʻDARGICH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VAGON AGʻDARGICH haqida malumot bilib oling.

VAGON AGʻDARGICH — t. y. yuk vagonlaridan sochiluvchan yuklarni mexanik tarzda boʻshatadigan inshoot. Vagon agʻdargich yukni vagonlarni toʻnkarib, boʻylama yoki koʻndalang qiyalatib boʻshatadi. Vagon agʻdargich soatiga 20—30 vagondagi yukni boʻshatishi mumkin. Vagon agʻdargichning afzalligi — omborlarda, ruda maydonlarining istalgan (lekin t. y. izlari oʻtkazilgan) joylarida foydalanish mumkinligi. Vagon agʻdargichdan koks-kimyo z-dlari, metallurgiya korxonalari, yirik qurilish korxonalari, portlarda samarali foydalanish mumkin.

Ensiklopediya.uz
VAGON AGʻDARGICH