VAD haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VAD haqida malumot bilib oling.

VADpsilomelan guruhiga mansub mineral. Suvli MpO2 ning tuproqli va qurumli agregatlarining umumlashma nomi. Marganes va b. elementlar (Sa, Mg, Fe, SO va b.) oksidlarining kukunsimon aralashmasi. K, Va, Si, Zn, Fe, Pb, W, Li, CO, Ni qoʻshimchalari miqdori oʻzgaruvchan. Turli nomlarda (marganesli qurum, marganesli tola va b.) tavsiflangan. Shartli kimyoviy formulasi MpO2 – p N2O. Amorf. Struk-turasiz, goho yupqa tolasimon, yoʻl-yoʻl yoki tangachasimon, kukunsimon va dendrit shaklida uchraydi. Rangi qora, qoʻngʻir-qora. Psilomelanning yumshoq turi ham Vad deyiladi. Qattikligi 1—4, goho 6,5. S. ogʻ. 2,8— 4,4. Turi koʻp. Asosiylari balchiq Vad, asbolan, lampadit va b. Turli marganesli minerallarning nurash mahsuloti sifatida tabiatda koʻp tarqalgan. Choʻkindi marganes rudalari tarkibiga kiradi. Dengiz va koʻl osti choʻkindilarida ham hosil boʻladi. Oʻzbekistonda Olmaliq, Lochinxona, Lashkarak va b. konlarda uchraydi. Shuningdek Tojikiston, RF (Ural togʻlari) va b. joylarda topilgan. Marganes, kobalt va rux olinadigan ruda.

Ensiklopediya.uz
VAD