Va nihoyat: Angular 2.0 rasman 5 ta reliz-nomzoddan so’ng e’lon qilindi!

Va nihoyat: Angular 2.0 rasman 5 ta reliz-nomzoddan so’ng e’lon qilindi!

Va nihoyat: Angular 2.0 rasman 5 ta reliz-nomzoddan so'ng e'lon qilindi!

Bugun Google HQ uchun maxsus Angular jamoasi ko’pchilikka ma’qul kelgan, juda kichik muddatda juda mashhur bo’lib ketgan, Angular 1 fremvorkini merosxo’ri bo’lgan Angular 2.0 ni e’lon qilishdi.

Daturchilarning ta’kidlashlaricha, Angular 1 birinchi navbatda kengayib borayotgan vebning muommolarini hal qilar edi. Oxirgi 6 yilda, zamonaviy dasturlar yaratishning asoslari bir necha marta butunlay o’zgardi. Shu sababli, yanada yangi, zamonaviy va o’rganish, veb dasturlar yaratish uchun qulay bo’lgan yangi texnologilar kerak bo’lardi. Yangi Angular 2.0 faqat Open Source jamoalar bilan birgalikda hamkorlikda yaratilgan. Bu degani, mashhur fremvorkning yangi talqinini bemalol har qanday loyihalarda qo’llash mumkin.

Eslatib o’tamiz, yangi Angular 2.0 TypeScriptni asosiy til sifatida qo’llab-quvvatlaydi, Ammo, Dart va ECMAScript6 uchun ham maxsus talqinlari mavjud.

Bundan tashqari dasturchilar material-komponentlar uchun maxsus Angular 2.0 Material talqini chiqishini ham aytib o’tishdi.

Manba:

Yangiliklar
Va nihoyat: Angular 2.0 rasman 5 ta reliz-nomzoddan so’ng e’lon qilindi!