UZUNQANOTLILAR
UZUNQANOTLILAR (Apodas) — uzunqanotsimonlar turkumiga mansub qushlar kenja turkumi. Oyoqlari kalta, koʻpchilik turlarining barmoklari daraxt shoxlarini changallab tutib turolmaydi. Tirnoklari bilan qoyalar va binolar boʻgʻotiga ilashib oladi. Qanotlari kalta va ingichka; tez uchadi, lekin yerda yurolmaydi; yerdan havoga koʻtarila olmaydi. Shuning uchun Uzunqanotlilar yerga qoʻnmasdan uchadi. Soʻlak bezlari kuchli rivojlangan. Bu bezlar suyukligidan in qurishda foydalanadi. Monogam, jish joʻja ochuvchi. 2 oilasi: popukli Uzunqanotlilar va asl Uzunqanotlilar bor. Popukli Uzunqanotlilarning 3 turi Jan. Hindistondan boshlab Yangi Gvineyagacha boʻlgan hududlarda tarqalgan; boshida oqish popugi (toji) boʻladi.
Ensiklopediya.uz
UZUNQANOTLILAR