UZUMCHILIK
UZUMCHILIK — 1) bogʻdorchilikning tok oʻstirish va uzum yetishtirish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. Uzumchilik aholini yangi uzum, mayiz bn, vinochilik, konserva sanoatlarini xom ashyo bilan taʼminlaydi. Uzumchilikning 4 ta asosiy yoʻnalishi: xoʻraki uzum yetishtirish, mayiz quritish, texnik maqsadlarda uzum yetishtirish (konserva mahsulotlari, sharbatlar, konsentratlar tayyorlash), vinochilik (xom ashyo tayyorlash) sohalari mavjud.
Ensiklopediya.uz
UZUMCHILIK