Uzoq yashash sirlari – yapon xalqi sirlari

Uzoq yashash sirlari – yapon xalqi sirlari

Tetik va hayotsevar keksalarining ko‘pligi jihatidan Yaponiya dunyo bo‘yicha rekord o‘rnatgan! Aslida yapon millatini uning yuksak madaniyatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Kimnidir sal turtib yuborsangiz yoki qandaydir tushunmovchilik paydo bo‘lsa, hatto qo‘shningiz dorga ilgan kir siznikiga ilashib qolsa ham u taʼzim bilan sizdan kechirim so‘raydi. Aholisi nihoyatda zich bo‘lgan bu davlatda bag‘rikenglik, ziyraklik, muloyimlik ila o‘zgalarga hurmat ko‘rsatib yashash odat tusiga kirgan.

Avloddan avlodga meros bo‘ladigan anʼanalari bilan xurmatga loyiq. «Itidzyu sansay», yaʼni «sho‘rva va uch xil sabzavot» asosiga qurilgan tushlikdir. Kechki ovkat esa asosan guruchdan iborat. Guruch nomi eslatilmaydi, u o‘z-o‘zidan qo‘shiladigan shartli masalliq. Yaponlar uning shifobaxsh xususiyatlari miya faoliyatini yaxshilovchi detsitinlar, qon bosimini meʼyorlashtiruvchi aminokislotalarga boy ekanligini yaxshi biladilar.
Bir piyola tuzsiz qaynatilgan guruch odatda uch xil mazali sabzavot qaylalari va soyadan tayyorlangan sho‘rva bilan dasturxonga tortiladi.

Yapon oshxonasi mazali va foydali taomlari bilan dunyoda shuhrat qozonmoqda. Ko‘zni quvontiradigan xil-xil ovqatlari yoshlikni saqlab qolishga xizmat qiladi. Aslida bu xalq ovqatlanishga jiddiy eʼtibor qaratadi. Dasturxonga ovqat tortilishi oldidan yaponlar batartib kiyinib olishadi. Taomlar ham chiroyli idishlarga suziladi. Nonushta, tushlik yoki kechlik dasturxon yozilganda yoshu qari bir-biriga muloyim jilmayib, ovqatlanish odobiga rioya etgan holda o‘tiradilar. O‘zaro shirinsuxanlik va dilkashlik dasturxon atrofidagi suhbatlarni bezaydi. Bu esa kayfiyatning ko‘tarilishiga va salomatlik xolatining meʼyorida bo‘lishiga ko‘maklashadi.

Aminokislotalarga boy bo‘lgan bu sho‘rvani bekorga «uzok yashovchilar taomi» deyishmaydi. U dengiz suv o‘tlari va vitaminu minerallar yig‘indisi bo‘lgan soya pastasi qo‘shib tayyorlanadi. Shifobaxsh yig‘ma gormon singari suyak mo‘rtligi va to‘qimalar qarishini sekinlashtiradi, suv o‘tlari ta- nani xolesterindan tozalaydi.
Uch xil taomdan biri, albatta, balikdir. U qovurilgan, qaynatilgan yoki xom holicha yupqa kesilgan baliq (sasimi) bo‘lishi mumkin.

Yaponlar fikricha, chala pishirilgan baliq xotira va aqlni charxlashga xizmat qiladi. Qayla pishirilgan sabzi, kartoshka, sholg‘om va boshqa sabzavotlardan iborat.

mevalar

Qaynatilgan dukkakli mahsulotlarni hamma ham xush ko‘ravermasada, ular tromb hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Taʼbga ko‘ra, tuzlangan sabzavotlar vitaminlari saqlanishi uchun maxsus suyuqliklarda ivitib quritilgan olxo‘ri qoqisi beriladi.
Yapon oshxonasi tuzni kam sarflashi bilan farq kiladi. Ko‘p hollarda tuz o‘rnida soya, shivit, kunjutli sous taklif etiladi. Xushtaʼmlar uyg‘unligi orqali yapon xalqi o‘zini yurak-qon tomir kasalliklaridan himoya qilib kelmoqda. Ko‘k choyni aslo unutmaslik kerak. Choy bilan ovqatlanish boshlanib, choy bilan nihoyasiga yetadi. Ko‘k choyni sevuvchilar saratondan uzoq yuradi, deb hisoblashadi yaponlar.

Yaponlarda nafaqa yoshi 60 yosh bo‘lsada, ular anchagacha mehnat qilishdan to‘xtashmaydi. Bu yoshgacha yaxshigina pul jamg‘arib, shu yo‘l bilan xususiy ishini boshlaydigan tadbirkor yaponlar ham serob. Masalan, 83 yoshli Tiyoko Itikava o‘zi yetishtirgan sabzavotlardan ancha daromad olib, suzishni, raqsni va karaoke darslarini kanda qilmaydi. Hukumat ko‘zlagan maqsad ham shu: mungayib televizorga ko‘z tikib o‘tirgan kariyalar bo‘lmasligi kerak. Har bir keksa bo‘sh vaqtini ikki uch xil foydali ishlarga bag‘ishlashi shart.

«Qariganda oyoq uzatsam» degan niyat yaponlar uchun fojeaning o‘zginasi! Musiqa asboblarini chalish, oshpazlik mahoratini oshirish, atrofni ko‘kalamzorlashtirish kabilar qarishdan saqlashi yaponlar hayotida o‘z isbotini topgan. Mahalliy idoralarda keksalar uchun teatr, konsert biletlari tekin tarqatiladi, chegirmali mahsulotlar sotiladi, erishilgan yutuqlarga mukofotlar berishadi. Hatto mashina yo‘llarida ham keksalar faol: ular transportni kutmay, velosipedda yelib ketadilar.
Tirishqoq yaponlar bir yerda uzoq o‘tirishmaydi. Kup yurgan, ko‘p ko‘radi deganlaridek, bu xalq yangilikka o‘ta tashna. Bilimga chanqoqlik ularni o‘z yurti va dunyo bo‘ylab sayohat qilishga undaydi.

Мархабо АББОСХЎЖАЕВА, педагог.

Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Uzoq yashash sirlari – yapon xalqi sirlari