UZONLINE provayderi orqali Internetga ulanish, tariflar
«Uzonline» xizmatlariga shartnoma tuzishdan avval Ommaviy Ofеrta (shartnoma) shartlari bilan diqqat tanishib chiqishni tavsiya etamiz. Ulanish uchun asosiy shartlar: Xizmatga ulanish uchun o‘z hududingizdagi istalgan «Uzonline» savdo ofisiga tashrif buyurishingiz va quyidagilarni taqdim etishingiz kеrak: Takroriy yoki bir martalik tashriflarni takrorlamaslik uchun, O‘zingizga qarashli bo‘lgan ATSda bo‘sh ADSL-porti mavjudligi haqida Mijozlarni qo’llab-quvvatlash xizmatiga (MQQX) qo‘ng‘iroq qilib oldindan maslahat olishingizni tavsiya qilamiz. Shuningdek, siz veb-saytimiz orqali ulanish uchun oldindan onlayn ariza topshirishingiz ham mumkin. Bu sizga ulanish jarayonini sezilarli darajada soddalashtirish va savdo ofisida xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirishga imkon beradi. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng Sizga hujjatlar to‘plami va Eslatma (xizmatga ulanish uchun ma’lumotlar va parametrlar bilan) taqdim etiladi. Sizning telefoningiz Uzonline xizmatiga uch ish kuni ichida ulanadi. Kompaniya xodimlari sizga ulanish muvaffaqiyatli amalga oshirilgani haqida xabar berishadi, hamda shu vaqtdan boshlab siz «Uzonline» xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi. Ulanishni sozlash uchun sizga bizning saytimizdagi yo‘riqnomalardan yoki MQQX maslahatlaridan foydalanishni tavsiya etamiz. Agar Siz mustaqil ravishda ulanishni sozlashga qiynalsangiz, unda siz savdo ofisida xizmatga ulanish vaqtida yoki MQQXga qo‘ng‘iroq qilib, opеratorga buyurtma bеrib, «Usta xizmati» xizmatidan foydalanishingiz mumkin.UZONLINE provayderi orqali Internetga ulanish, tariflar
DO`STLARGA ULASHING:
UNLIM
Qanday ulanish mumkin?
tariflar, UZONLINE provayderi orqali Internetga ulanish