Uznetning eng «yog'»li saytlari
Har kuni mobil trafik yordamida qancha megabayt yuklashimizni aniqlash uchun, erinmasdan Uznetning eng mashhur saytlarini bosh sahifalarini saqlab chiqdim. Natija quyida keltirilgan.
Men veb dizayn bilan shug’ullanishni boshlaganimda, bitta sahifani hajmi o’rtacha 100 kilobayt bo’lar edi. Ha, bu «qirol» zamonida edi, hozir esa, umuman tartibsizlik! Zamonaviy veb dizaynerda megabaytlar bo’yicha hech qanday cheklov yo’q. Hech kim bu haqida o’ylamaydi, lekin mobil operatorlar internet uchun ko’proq pul so’rashadi.
Mening saytimning bosh sahifasi 4 megabayt edi, chunki u 20 ta maqolani ko’rsatar edi. Bundan tashqari, men eski maqolalarni rasmlarini anonsda yashirar edim. Men ko’rsatiladigan maqolalar sonini 5 tagacha kamaytirib, bundan qanday natija chiqishi kuzatdim. Hozir bosh sahifa 2.7 megabayt chiqadi, bu ham juda ko’p. Men uchun 1 megabayt normal holat bo’lar edi, lekin mutaxassislarsiz qanday buni optimizatsiya qilishni bilmayman.
Ko’rsatilgan saytlardan eng «yog’lisi» »
Подробно» bo’lib chiqdi. U saytni Pixel Craf jamoasi yaratgan bo’lib, hajmi 4,8 megabaytga teng. «Red Pen» ham parxeda emas(4.5 megabayt). Lekin unung raqibi VOT esa ancha yengil(2.9 megabayt).
Qiziq, Afisha dagi juda ko’p reklamga qaramasdan, bosh sahifaning umumiy hajm unchalik katta emas. Bunga sabab, ular saytni eski bironta o’zlari uchun yaratilgan tizimda qilishgan bo’lishsa kerak.
Manba:
Dizayn, Grafika va Ovoz
Uznetning eng «yog'»li saytlari