UZLUKSIZ TAʼLIM

UZLUKSIZ TAʼLIM

UZLUKSIZ TAʼLIM — oʻzaro mantiqiy izchillik asosida bogʻlangan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va birbirini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit taʼlim tizimi. Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash tizimining asosi, taʼlim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri. 1997-y. 29 avg. da qabul qilingan «Taʼlim toʻgʻrisida»gi OʻzR qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida tamoyil sifatida qayd etilgan. Uzluksiz taʼlim milliy modelning asosiy tarkibiy kismlaridan biri (q. Taʼlimning milliy modeli), OʻzRning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlovchi, shaxe, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiytexnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Uzluksiz taʼlim ijodkor, ijtimoiy faol, maʼnaviy boy shaxe shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shartsharoitlar yaratadi. Uzluksiz taʼlim tizimining faoliyat olib borishi davlat taʼlim standartlari asosida, turli darajalardagi taʼlim dasturlarining izchilligi asosida taʼminlanadi va maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasbhunar taʼlimi, oliy taʼlim, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari taʼlimni oʻz ichiga oladi.

Ensiklopediya.uz
UZLUKSIZ TAʼLIM