UzGeeks Meetup terminlar

UzGeeks Meetup terminlar

UzGeeks Meetup terminlar

1. Meetup — UzGeeks Community tomonidan tashkil etiladigan, qatnashish mutloq bepul bo’lgan, faqat o’zbek tilida bo’ladigan tadbir.

2. Meetup nomi quyidagi tartibda nomlanadi: «UzGeeks May2024 Meetup». Bu yerda «UzGeeks» — community nomi, «May2024» — meetup bo’lib o’tadigan oy va yil, «Meetup» — bu tadbir aynan meetupligini anglatadi. Bundan tashqari biron bir mavzu bo’yicha maxsus meetuplar ham tashkil etib boriladi, masalan «UzGeeks April2024 DevOps Day Meetup» bu yerda «DevOps Day» aynan shu meetup qaysi mavzuga bag’ishlanganligini anglatadi. Meetup nomida doim ingiliz tilida so’zlardan foydalanilishi kerak, harflar registri ushbu ko’rsatilgan formatda saqlanishi kerak.

3. Meetup’da oldindan rejalalashtirilgan va taklif etilgan o’z sohasini yetuk mutaxassislari — «dokladchi»lar tomonidan tayyorlab kelingan chiqishlar «doklad»lardan tashkil topgan bo’ladi, odatda bitta meetupda 3 ta doklad bo’ladi. Har bir doklad davomiyligi 45 daqiqadan oshib ketmasligi kerak.

4. Prezintatsiyalar — har bir doklad uchun dokladchi oldindan prezintatsiya tayyorlab keladi. U katta ekranlarga moslangan, ko’rishga, o’qishga qulay va imkon qadar o’zbek tilida bo’lishi, «zerikarli» bo’lmasligi kerak.

5. Savol-javob — har bir dokladdan so’ng meetup ishtirokchilari, meetupni onlayn kuzatayotganlar tomonidan dokladchilarga shu doklad bo’yicha savollar berishlari, unga javob olishlari mumkin. Odatda savol-javobga 15 daqiqa vaqt ajratiladi.

6. Har bir meetupda boshlovchi bo’ladi, uni vazifasi meetupni ochib beradi, dokladchilarni tanishtiradi, savol-javob vaqti moderatorlik vazifasini bajaradi, UzGeeks Coommunity faoliyati, meetuplarga oid yangiliklarni e’lon qiladi. Va meetup so’ngida meetupni yopib beradi.

Boshqalar
UzGeeks Meetup terminlar