UZGeeks January2017 MeetUp

UZGeeks January2017 MeetUp

UZGeeks January2017 MeetUp

Assalom alaykum.

2017-yil 28-yanvar kuni soat 14:00-18:00’da Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining Hind markazida UzGeeks‘ning navbatdagi «UZGeeks January2017 MeetUp» bo’lib o’tadi. Qatnashish mutloq bepul va ixtiyoriy!

uzgeeks january2017 meetup 65e616e21017c

Meetup mavzulari:

1. Open Source Project Development Experience — Timur Bazikalov.
2. Open Source Network Security Solutions — O’ktam Yaqubov.
3. Community Brainstorm.

Ma’lum sabablarga ko’ra ushbu meetupda qatnasha olmaydiganlar uchun, onlayn translyatsiya rejalishtirilmoqda!

UzGeeks haqida:

Bu yurtimizda IT muhandislar o’zlarining faoliyati davomida shu sohada orttirgan bilim tajribalari, izlanishlari va yangiliklari bilan bo’lishish, yosh mutaxasislarga, talabalarga nazariy bilimlarni amaliyotdagi qo’llanilishini, yangi texnologiya va metodologiyalar bilan tanishish maydonchasidir. Ushbu guruhda tor doiradagi mavzular muhokama qilinadi, unda muhokama qilinadigan mavzularga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.

UzGeeks’da muhokama qilinadigan mavzularga talablar:

Mavzular IT injeneriya sohasida bo’lishi shart:

Dasturlash (Software/Hardware);

Tarmoq va operatsion tizimlari (system/network admining);

Elektronika va Robototexnika;

AX (shifrovaniya, hujumlar va himoyalar);

Web Dizayn;

Mavzular o’zbek tilida bo’lishi shart.

Yangiliklar
UZGeeks January2017 MeetUp