UYURMA HARAKAT

UYURMA HARAKAT

UYURMA HARAKAT — sutoqlik yoki gazning kichik elementlari (zarralari) faqat ilgarilanma harakat qilibgina qolmay biror oniy oʻq atrofida aylanishidan iborat harakati. Tabiatda uchraydigan va texnikada ishlatiladigan suyuklik va gaz okimining koʻp qismi Uyurma harakat qiladi. Trubadagi suvning harakati Uyurma harakatga misoldir. Devor sirtiga suyuqlik yopishishi tufayli uning shu nuktadagi tezligi nolga teng, lekin devor sirtidan uzokdashgan sari suyuqlik tezligi jadal oshib boradi, shuning uchun yondosh qatlamlarning tezligi birbiridan katta farq qiladi; pastki qatlamning sekinlashishi va yuqori qatlamning tezlashishi natijasida zarralar aylana boshlaydi, bu esa, oʻz navbatida, Uyurma harakatga olib keladi (1rasm). Havoning atmosferadagi uyurmalari koʻpincha katta oʻlchamlarga ega boʻlib, quyun va siklonlar hosil qiladi. Koʻprik ustunlari orqasida hosil boʻladigan suv uyurmalari, daryo oqimida hosil boʻladigan uyurmalar va h. k. bunga misol boʻla oladi. Uyurma harakat miqdori zarra aylanishining burchak tezligi bilan yu ifodalanadi va u zarraning oqimdagi koordinatasiga va vaqtga bogʻliq.

Ensiklopediya.uz
UYURMA HARAKAT