Uyqusizlik — kasallikmi? to’liq malumot oling

Uyqusizlik — kasallikmi? to’liq malumot oling

Uyqusizlik. Uyqusizlikning sabablari har xil. Haddan ziyod charchasa, hayajonlansa, og’ir ruhiy kechinmalarni boshdan kechirsa sog’lom kishi ham uyqusiz bo’lishi mumkin.
Mundarija скрыть

Uyqusizlik — kasallikmi?

   Nerv sistemasi o’ta qo’zg’aluvchan  kishilarda esa arzimas sabablar bilan bir oz hayajonlanish ham uyquni buzadi. Uyqusizlik ba’zan har xil umumiy kasalliklarda, harorat ko’tarilganda, qon aylanishi buzilganda, nafas yo’llari kasallanib yo’tal tutadigan  va nafas siqib turadigan paytlarda, nevrozlarda kuzatiladi. Uyqusizlikda ko’pincha odam uzoq vaqt uxlolmay yotadi yoki uxlasa ham tez orada uyg’onib, qayta uxlolmaydi yohud uyqusi tun mobaynida bir necha marta bo’linadi. Uyqusizlikka qilinadigan davo uning sabablariga bog’liq. Sog’lom kishilarda dori-darmon qilmay turib ham uyqusi asliga keladi. Faqat shovqin-suron, yorug’likni bartaraf etish, xonani yaxshilab shamollatib qo’yish kifoya.

   Uyqusizlikning oldini olish uchun yotish oldidan ovqat yeyish, shuningdek, achchiq choy va kofe ichmaslik kerak. Nerv sistemasi ortiqcha qo’zg’aluvchan odamlarga dam olish, uyqu oldidan sayr qilish, umumiy va oyoq vannalari qabul qilish tavsiya etiladi. Ba’zan vrach buyurgan tinchlantiruvchi yoki uxlatuvchi dorilarni qabul qilishga to’g’ri keladi. Uyqusizlik umumiy kasalliklarga aloqador bo’lsa, avvalo o’sha kasalliklarni davolash kerak. Uyqusizlik uzoq davom etsa, vrachga murojaat qilish zarur.

***

Uyqusizlik – ruhiy zo‘riqish sababchisi 

Kuzatuvlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda insonlar uyqu uchun tobora ko‘p vaqt ajratishyapti, biroq yoshlar orasida buning aksini kuzatish mumkin.

Bu holatni avstraliyalik professor Nik Glozer bugungi yoshlar yotog‘i turli elektron qurilmalarga to‘lib ketgani bilan izohlaydi.

17 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan 20 ming nafar kishi o‘rganilganda shu narsa aniqlandiki, besh soat atrofida uxlaydigan yoshlarda ularning 8-9 soat uxlaydigan tengqurlariga nisbatan ko‘proq asab buzilishlari kuzatilgan. Sutkasiga olti soatdan kam uxlaydiganlarning yarmidan ko‘pi u yoki bu ko‘rinishdagi ruhiy zo‘riqishlardan aziyat chekadi.

***

Uyqusizlik sababi aniqlandi     

Olimlar inson miyasidagi neyrokimyoviy farqlarni solishtirish orqali nega yaxshi uxlay olmasligi sababini aniqlashdi.

Mutaxassislar uyqusizlik azobini tortayotgan odamlar miyasini o‘rganishar ekan, inson va sut¬emizuvchilar miya faolligida gamma-aminomoy moddalari (GABA)ning kamayib ketishi uyqusizlikka asosiy sabab ekani ma’lum bo‘ldi.

Proton magnit-rezonans spektroskopiya yordamida olimlar gamma-aminomoy kislotalarning sinovchanlik kontsentratsiyasini va GABA darajasini uyqusi yomon insonlar miyasidagi holat bilan taqqoslashdi. Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, GABA miqdorining pasayib ketishi simptomlari asabiy-ruhiy tartibsizlik natijasida ham sodir bo‘ladi.

***

Uyqusizlik haqida

Barchamizga ma’lum, agar kechasi mazza qilib to’yib uhlab olsak, ertasi kuni kayfiyatimiz a’lo bo’lib, aqliy va jismoniy faoliyatimiz oshadi. Bo’shashishlik alomatlaridan holi bo’lib, o’zimizni yaxshi his etamiz. Ammo uyqusizlik bizni bezovta qilayotgan bo’lsachi? Quyidagi maslahat uyqusizlikka chalingan insonlar uchun.

1. Kechga yaqin ko’p ovqat iste’mol qilmaslikka harakat qiling. Agar qorin judayam och bo’lsa yotishdan 2 soat oldin yengil taom yeyish mumkin.

2. Uyquga yaqin vaqtda choy, kofe, alkogol mahsulotlarini iste’mol qilmaslikka harakat qiling.

Uning urniga iliq sut yoki o’t damlanmasi qo’shilgan suv ichgan ma’qul. Chunki bu ichimliklar nerv sistemasini tinchlantiradi va uyquga ketishda yordam beradi.

3. Uhlashdan oldin har xil faol, harakatchan, qo’rqinchli filmlarni ko’rish tavsiya etilmaydi. Uning o’rniga o’zingiz yoqtirgan tinchlantiruvchi musiqa eshiting, rasmlar ko’ring yoki kitob o’qing.

4. Iloji bo’lsa, uyqudan oldin ko’chaga chiqib, 10-15 daqiqa aylanib keling.

5. Agar uyqu moyilligini oshiruvchi dorilarni ichayotkan bo’lsangiz, ularni kamaytirishga va u dorilarsiz uxlashga harakat qiling. Chunki bu dorilar ularga ko’nikmangiz oshishiga olib kelishi mumkin.

6. O’zingizga qulay, toza o’rinda, qorong’i, tinch va kislorod bor xonada yoting.

7. Yotgan mahalda muammolar haqida o’ylamang.

   Yuqoridagi maslahatlardan foydalansangiz uyqingiz osuda bo’ladi.

shifo.uz/article/uyqusizlik-kasallikmi

Foydali Maslahatlar
Uyqusizlik — kasallikmi?