Uyga vazifa. Kitobdan yaxshi do st yo q mavzusida Esse уйста помогитеЕсли дадите другой ответ то забаню​

Uyga vazifa. Kitobdan yaxshi do st yo q mavzusida Esse уйста помогитеЕсли дадите другой ответ то забаню​

Kitob nafaqat ziyo maskanlarini yorituvchi nur, balki insonlarni kamolot sari etaklovchi muhim ma’naviy xazina hamdir. Kitob insonga ma’naviy ozuqa beribgina qolmay, uning tafakkurini teranlashtirib, sog’lom mulohaza yuritishga o’rgatadi, kelajakka aniq maqsadlar bilan odimlashga mustahkam pilla poya vazifasini bajaradi. Zero, «Kitoblarjonsiz, ammo sodiq do’stlardir”.

KITOB – BEMINNAT DO’ST

Taniqli adabiyotshunos O’zbekiston qahramoni Ozod Sharafiddinov farzandlarinig tarbiyasidan nolib maslahat so’rab kelgan kishiga: «Farzandlaringizning qo’liga kitob tutqazing. Kitob ularga hayotni, turmushning qiyinchilklariga dosh berishni, sabrni va qanoatni» o’rgatadi degan ekanlar. Darhaqiqat, inson ma’naviyatini oshiradigan, so’z boyligini to’ldirib boradigan eng muhimi to’g’ri yo’lni ko’rsatadigan eng yaqin do’st bu kitobdir.

Kitoblari yo’q xonadon – xuddi ruhsiz tanaga o’xshaydi. Xalqimizning ajoyib udumlari, an’analari behisob. Ammo ular orasida bir an’ana borki, u haqda har qancha so’zlasang shunchalar oz. Sababi, eng yaqin do’st, eng zarur hamroh bo’lgan kitob, insoniyat kashf etgan ixtirolarning eng buyugi va eng qadrlisi, zamonlar o’tsa-da, o’z o’rnini hech nimaga bo’shatib bermagan mo’jizadir. Donolar kitob, kitobxonlik haqida fikr bildirar ekan, adabiyotlar bilan oshno qalbga hech qachon yomonlik in qurmasligini ta’kidlashadi. Bugun bolasining kitob o’qimasligidan, televizor-u telefondan bo’shamasligidan noliyotgan ota-onalarning o’zlari kitob o’qirmikan, bolalariga har kuni bo’lmasa-da, oyiga, yiliga bir marta kitob sovg’a qilarmikan? Xalqda «Qush uyasida ko’rganini qiladi», degan gap bor. Demak, ota-ona kitobxon bo’lsa, bola ham ulardan o’rnak oladi. Har bir ota-ona farzandining kelajagiga mas’ul ekan, uni moddiy jihatdan to’la ta’minlash bilan birga, ma’naviy olamini boyitadigan, aqlini peshlaydigan, dunyoqarashini kengaytiradigan jihatlarga ham e’tibor qaratishlari lozim. Agar uyda ota-onaning o’zi kitobxon, kitob o’qishni sevuvchi, uyga kitob ko’tarib keluvchi bo’lsa, bu odat bolada ham asta-sekin shakllana boradi. Insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag’rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar — yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir. Demak, kitobxonlikni shakllantirish, bolalar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan har qanday ezgu ish oiladan boshlanmog’i zarur. Oilada kitobsevarlikni yaxshi an’anaga aylantirish uchun nimalar qilish kerak? — Oylik maosh olinganda xarajatlar uchun pul taqsimlanadi. Oziq-ovqat, kiyim-kechak uchun sarflanadigan pullar doimo reja asosida ishlatiladi. Oilada bolalarning kitobga bo’lgan qiziqishini shakllantirish, uni rivojlantirish uchun ota-ona bolalarni kitob do’koniga olib borishi va bola o’yinchoq yoki kiyim tanlagandek, o’zi kitob tanlashi kerak.

Ammo bugungi kunda axborot texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bir davrda, voyaga etmaganlarning kitob mutolaasiga e’tibori sustlashib borayotgani kunning dolzarb muammosiga aylanmoqda. Bugunda telekanallar ko’paygan, internet va mobil aloqa axborotining asosiy manbai bo’lib qolgani ham fikrimizning bir dalilidir. Bunday axborot vositalarining asosiy foydalanuvchilari ham biz Vatanimiz kelajagini ishonib topshiradigan yoshlarimizdir. Ammo bir savol kishiga tinchlik bermaydi. Kompyuter o’yinlaridan bo’shamaydigan yoxud televizor oldidan jilmaydigan, ko’cha-ko’yda qulog’idan radiopleerning simi tushmaydigan, o’zini «zamoniy” deb hisoblab, «ommaviy madaniyat” ta’siriga tushayotganlar bilan mamlakatning kelajagini yaratib bo’larmikin? Bir alloma aytganidek, «Qaysi oiladaki kitob o’qilmasa– u ma’nan to’laqonli oila bo’la olmaydi”. Yoshlarimizning kitobga qiziqishlarini yo’qligiga, har xil g’arb an’anasini o’zlashtirib olishlariga birinchi navbatda oila, ota-onaning kitobga qiziqmasligi yoxud bozordan har xil qimmatbaho buyumlar o’rniga farzandi uchun bittagina ma’noli kitob ko’tarib kelmasligi sabab bo’layotgandir.

Kitob nafaqat ziyo maskanlarini yorituvchi nur, balki insonlarni kamolot sari etaklovchi muhim ma’naviy xazina hamdir. Kitob insonga ma’naviy ozuqa beribgina qolmay, uning tafakkurini teranlashtirib, sog’lom mulohaza yuritishga o’rgatadi, kelajakka aniq maqsadlar bilan odimlashga mustahkam pilla poya vazifasini bajaradi. Zero, «Kitoblarjonsiz, ammo sodiq do’stlardir”.

Har qanday ma’naviy, ruhiy sog’lom ota-ona o’z farzandlarini texnik vositalarga emas, balki hayot darsligi, barcha bilimlar asosi, dunyo voqea-hodisalari va el-u elatlar hayotidan hikoya qiluvchi birdan-bir manba bo’lmish kitob bilan do’stlashtiradi.

Bola qalbi – saxiy tuproq. Unga tushgan har qanday urug’, albatta, unib chiqib, meva beradi. Bugun kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni ma’nan etuk etib tarbiyalashda asosiy omillardan biri – bu ularni badiiy kitob mutolaa qilishga qiziqtirishdir. Bu borada maktablarda juda ko’p sa’y-harakatlar qilinib kelinmoqda. Ta’lim muassasalarida joriy yilning 19 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raisligida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishidagi to’rtinchi tashabbus-«Aholi ayniqsa yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish ular o’rtasida kitobxonliknii keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etish” deb belgilanishi yuzasidan o’quvchi-yoshlar kitobxonlikka jalb etildi. O’quvchilar va ularning ota-onalarini ham jalb etgan holda, «Sening sevimli kitobing” mavzu doirasida ko’rgazma tashkil qilinadi, «Mening sevimli kitobim”, «Kitobxonlar bayrami”, «Kitobxon oila”, «Bobom, buvim, men vaota-onam – kitobxon oilamiz”, «Eng yaxshi kitobxon”, «Mening birinchi kitobim”, «Kitoblar-yaxshilikka etaklar”, «Kitob-eng yaxshi sovg’a”, «Kitobdan yaxshi do’st bo’lmas” kabi mavzularda insholar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ko’rik-tanlovlari o’tkazilib boriladi. Kitob mutolasiga voyaga etmaganlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish kitob o’qishga e’tiborini kuchaytirish maqsadida kitoblar targ’iboti, kitob reklamasini kuchaytirilmoqda.

Kitob o’qigan boladan hech qachon yomonlik. Darhaqiqat, kitob–beminnat do’st. U nafaqat yoshlarimizning bo’sh vaqtiga mazmun bag’ishlaydi, balki o’quvchilar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishda ham muhim vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi.

Uyga vazifa. “Kitobdan yaxshi do’st yo’q” mavzusida “Esse” yozing.

Kitob – umr yo’llarini yorituvchi so’nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo’luvchi sodiq do’st. Insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo’q. Shu bois azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o’qishga, undan ilmu odob sirlarini o’rganishga chorlab kelishgan.

Darhaqiqat, kitob insonni erdan ko’kka ko’taruvchi, uning ma’naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuchdir. U insoniyatning tarixiy xotirasi, ma’naviy-ma’rifiy olami, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko’rsatib borishga qodir mash’ala hisoblanadi.

Axloq-odob borasida buyuk asarlar yaratgan Muhammad Jabalrudiy kitob haqida shunday deydi: “Ey, aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo’qdir. Kitob fasohat, balog’atda, latofatda tengi yo’q, munofiqlikdan xoli hamrohdir. Yolg’izlikda va g’amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina. U shunday hamdamki, so’zlarida yolg’on va xato bo’lmaydi. Suhbatidan esa kishiga malollik etmaydi. U o’z do’stining dilini og’ritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g’iybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli foydalar etadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar etadi. Kitobdek do’st ichida barcha ilmu hilm mujassamdirki, u kishilarni o’tmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham “kitob aql qal’asidir”.

Kitobdan yaxshi do st yo q mavzusida esse yozing

Ответ:

Kitob nurdir.U zimiston qalblarni yoruģ qiladi.

Kitob ilimlar hazinasi.Ubilimimizdi yuksaltiradi.

Aqlimizni charhlaydi.Kitob manaviy ehtiyojlarimizni

qondiradi.Kitobdan yahshi dõst yõq

4 votes Thanks 2

Kitob õqish insonni saviyasiga juda katta ta’sir kõrsatadi. Biz kitob õqiganimizda dunyo qarashimiz õzgarib, sõz boyligimiz oryadi. Zero, kitoblardagi voqealar bizning hayotimizdan bir parchadir. Insoniyat kitob õqigani sari qiyinchiliklarni oson yengishni õrganadi. Men har payshanba otam bilan bir asarni yoki kitobni õqiyman. Va mazmunini birga muhokama qilamiz. Otam menga kõproq falsafiy kitoblarni õqishni tavsiya qiladilar. Chunki ular insonni tarbiyalar ekan. Men dõst-u birodarlarimga kitob õqishni tavsiya qilaman. Chunki Kitob – bilim manbai.

2 votes Thanks 2
More Questions From This User See All
karamyanmartik August 2022 | 0 Ответы

texreshite stolbikom pozhalujsta

karamyanmartik August 2022 | 0 Ответы

pozhalujsta pomogite dayu 12 pointvyrazite v tysyachu 1875900

karamyanmartik August 2022 | 0 Ответы

srochnooooooo pomogite dayu 10 ball zaranee spasibo

рекомендуемые вопросы

rarrrrrrrr August 2022 | 0 Ответы
danilarsentev August 2022 | 0 Ответы
myachina8 August 2022 | 0 Ответы
ydpmn7cn6w August 2022 | 0 Ответы
millermilena658 August 2022 | 0 Ответы
MrZooM222 August 2022 | 0 Ответы
timobila47 August 2022 | 0 Ответы
ivanyyaremkiv August 2022 | 0 Ответы
sarvinozwakirjanova August 2022 | 0 Ответы

Helpful Links

Helpful Social

Copyright © 2023 SCHOLAR.TIPS – All rights reserved.

Qiziqarli malumotlar
Uyga vazifa. Kitobdan yaxshi do st yo q mavzusida Esse уйста помогитеЕсли дадите другой ответ то забаню​