Uyga vazifa — ijodiy ish

Uyga vazifa — ijodiy ish

— o‘zlashtirgan fikrlaringizni tas­niflab, tartibga keltirib oling;

Javoblari 7 sinf ona tili

КАК СТЕРЕТЬ ДВОЙКУ ИЗ ДНЕВНИКА. 10 ЛАЙФХАКОВ! Топ лайфхаков. Самое лучшее решение. 10 способов как стереть .

Prepare.7- sinf Workbook/Unit9#40-41 betlar
Просмотров 626 21 день назад
uyga vazifa bajarish endi qiyin emas!!
ONA TILI PDF MAKTAB DARSLIK ELEKTRON KITOBLARI / ОНА ТИЛИ ПДФ МАКТАБ ДАРСЛИК ЕЛЕКТРОН КИТОБЛАРИ
Просмотров 13 тыс. 2 года назад
ONA TILI PDF MAKTAB DARSLIK ELEKTRON KITOBLARI / ОНА ТИЛИ ПДФ МАКТАБ ДАРСЛИК ЕЛЕКТРОН КИТОБЛАРИ .
Ozbekistonda online dars
Просмотров 1,1 млн 2 года назад
Ozbekistonda online dars.
7-sinf ALGEBRA | Algebraik kasrlarni umumiy maxrajga keltirish. 1-QISM
Просмотров 2,6 тыс. 21 день назад
#KOMILINSONUCHUN #Matematika #Yangidarslik #Algebra.
7-sinf Algebra javoblari 2023 telegram kanal
Просмотров 282 14 дней назад
Ona tilidan test yechish || Videotest || Ona tili va Adabiyot Saboqlari
Просмотров 56 тыс. 2 года назад
Telegram manzilimiz: @onlaynonatili_uz.
7-b sinf o’quvchilari 8-mart bayrami (07.03.2022)
Просмотров 864 тыс. 11 месяцев назад
Sharmanda 10 sinf qizi
Просмотров 19 тыс. 3 года назад
7-sinf ALGEBRA | Algebraik kasrlarni ko‘paytirish va bo‘lish. 2-QISM
Просмотров 2,3 тыс. День назад
#KOMILINSONUCHUN #Matematika #Yangidarslik #Algebra.
Prepare 7- sinf Workbook/Unit 6#30-31 betlar.
Просмотров 2,4 тыс. Месяц назад
uyga vazifa bajarish endi qiyin emas.
Prepare.7- sinf Workbook/ Unit6 #28-29betlar.
Просмотров 2,7 тыс. Месяц назад
keling uyga vazifani birga bajaramiz.
Ona tili va Adabiyot Saboqlari || Fonetika quiz test 1-qism
Просмотров 8 тыс. 2 года назад
Telegram manzilimiz: htpps://t.me/onatili14 Tuzuvchi: Rustamov Sherzod.
(7 SINF ADABIYOTI) KUNTUG’MISH DOSTONIDAN SAVOL-JAVOB TESTLAR!
Просмотров 11 тыс. Год назад
Guess what!5-sinf Workbook/unit6#60,61,62,63-betlar
Просмотров 10 тыс. 21 день назад
endi uyga vazifa bajarish qiyin emas!!
7-sinf 27.01.22 Online maktab HD (Ona tili, Algebra, Kimyo, Fizika)
Просмотров 760 Год назад

HD. Online maktab 7-sinf. Kanalimiz rivojlanishi uchun darslarimizni telegram guruxlaringizda do’stlaringizga tavsiya qilishingizni .

Onlayn Ona tili darslari | Fonetika | 1 – dars
Просмотров 321 тыс. Год назад

Darsni “Registon” o’quv markazining tajribali Ustozi Rashidova Nazira olib bordilar. Darsimiz foydali bo’lgan bo’lsa .

Uyga vazifa — ijodiy ish

Har bir o‘quvchidan sinfda olgan bilimini mustahkamlashi uchun uyga vazifani to‘liq bajarish talab etiladi. Buning uchun mashg‘ulotning yakuniy qismidagi jarayonda o‘qituvchi mavzu mazmunidan kelib chiqib tushuncha beradi.

Biz pedagoglar 45 daqiqalik dars senariysini tuzar ekan­miz, uyga vazifa uchun qisqa vaqt ajratamiz yoki uni ham tejab, yo‘l-yo‘lakay topshiriqni e’lon qilish bilan cheklanamiz. Pedagogik kuzatuvlarim ham shuni tasdiqladi: aksariyat hollarda hamkasblarimiz jarayonga katta ahamiyat bermaydi. Vaholanki, darsdan keyingi mustaqil o‘qishga, topshiriqlarni bajarishga yo‘naltirila­digan vazifalar haqida to‘liq to‘xtalib o‘tmas ekanmiz, ta’limiy va tarbiyaviy maqsadga erisha olmaymiz. Shu o‘rinda yangicha yondashuv, ya’ni o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga chorlaydigan, har bir mavzu amaliyotdan nazariyaga moslangan, asosan kreativlikni shakllanti­rishni maqsad qilgan yangi avlod darsliklaridagi uyga vazifa uchun berilgan topshiriq­lardan misollar keltirsak.

8-sinf “Ona tili” darsligidagi (Toshkent, 2019, 12-bet) topshiriq. Mavzu: Olmosh va uning turlari (quyi sinfda o‘tilganlarni mustahkamlash):

Uyga vazifa. 22-mashq: “Kim birovga choh qazisa, unga o‘zi yiqiladi” maqoli asosida matn yarating va uni sinfdoshlaringiz huzurida telenutq sifatida og‘zaki ifodali bayon etishga tayyorlaning.

O‘ylab ko‘raylik-chi, ushbu top­shiriq­ni shunchaki e’lon qilsak, o‘quvchi qay darajada bajaradi? Axir bir sinfda o‘zlashtirish darajasi har xil o‘quvchilar jamlangan! To‘g‘ri, ijodkor o‘quvchilarda mavzuni eshitiboq g‘oya tug‘iladi. Ammo bu ko‘rsatkich necha foizni tashkil etadi? Ijodiy ish, jumladan, matn yaratishdan avval suhbat o‘tkazilishi, mavzuga bog‘lab, so‘z o‘rnida so‘z qo‘llanishini kuzatish uchun namunalar berilsagina, o‘quvchini mustaqil yozishga yo‘naltira olamiz. Xo‘sh, bu jarayon qancha vaqtni o‘z ichiga oladi?

Yoki 32-mashqni olaylik: “Onajonim — mehribonim” mavzusida insho yozish uchun uyda tayyorgarlik ko‘ring. Ishni quyidagi tartibda amalga oshiring:

— onalar haqida donolar fikrini o‘rganing;

— rivoyat, hikoyat va maqollar, onalarga bag‘ishlangan zamonaviy she’riy va nasriy asarlar bilan chuqur tani­shing;

— o‘zlashtirgan fikrlaringizni tas­niflab, tartibga keltirib oling;

— fikrlar tasnifi va tartibi asosida reja tuzing;

— rejangizda katta masalalardan kichik masalalarga (umumiydan xususiy­ga) o‘tib borishga harakat qiling.

Ko‘rib turganingizdek, uyga vazifani bajarish shartlari bilan o‘quvchi tanishguncha vaqt ketadi. O‘qituvchi esa aynan zarur bo‘lgan vaqtni tejaydi, oqibatda ertasi kuni shogirdining bajara olmagan ishi uchun qayta tushuncha beradi, individual ishlaydi. Ham vaqt, ham mehnat ikki hissa sarflanadi.

Aziz hamkasbim, darsimiz xotimasi va hosilasiga ko‘proq e’tibor beraylik! Shunday dars uslublaridan foydalanaylikki, mashg‘ulot boshlangan daqiqadan to tugaguncha uzviylik bo‘lsin. Shunday vaqt taqsimotini tuzaylikki, darsning har bir tarkibiy qismi, shuningdek, uyga vazifa ham o‘z o‘rnida namoyon bo‘lsin. Zero, uyga vazifalar yordamida bilimlar sayqallanadi.

Dildor NURMUHAMMEDOVA, Termiz tumanidagi 9-maktab o‘qituvchisi

Qiziqarli malumotlar
Uyga vazifa — ijodiy ish