UYGʻONISH DAVRI

UYGʻONISH DAVRI

UYGʻONISH DAVRI, Renessans — Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (912 va 15-a. lar), Gʻarbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. «Renessans» atamasi dastlab Italiyadagi madaniymaʼnaviy yuksalish (14—16-a. lar)ga nisbatan qoʻllanilgan, uni oʻrta asrchilik turgʻunligidan yangi davrga oʻtish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib oʻtib, insonni ulugʻlash (q. Gumanizm), uning isteʼdodi, aqliyfikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunonrum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va sanʼatda dunyoviy goʻzallik, hayot taronalarini qizgʻin kuylash; inson erki, qurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi oʻlaroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulugʻvor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilmfan rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans gʻoyalarining jarchilari boʻlib maydonga chiqsilar. Keyinchalik Mikelanjelo, Rafael, Shekspir, Servantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar.

Ensiklopediya.uz
UYGʻONISH DAVRI