Uyda davolanayotgan bolalarni qanday ovqatlantirish kerak? Mutaxassisdan tavsiyalar

Issiq jon isitmasiz bo`lmaydi, degan gap bor xalq orasida. Ayniqsa, kuz-qish davrida mavsumiy kasalliklar yanada ko`payishi tabiiy hol.

Mana, hozir ham shunday murakkab bir palla. Bolalar o`rtasida o`tkir respirator virusli infeksiyalar keng tarqalishi kuzatilyapti. Bunday vaziyatda aksariyat bemor o`g`il-qizlar uy sharoitda davolanmoqda.  

Ammo ularning tezroq sog`ayishi faqat tibbiy muolajalarga bog`liqmi? Bu haqda Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo`lim mudiri Jamila ShOG`IYoSOVA o`z tavsiyalari bilan o`rtoqlashdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

— O`tkir respirator virusli infeksiyalar bilan turli yoshdagi bolalar kasallanishi mumkin, — deydi shifokor. — Ularning tezroq tuzalishida ota-onalarning roli nihoyatda katta. Chunki muolaja jarayoni faqat dori-darmonlar bilan cheklanmaydi.  

Bemor bolaning qisqa muddatda sog`ayishi uchun ularni, avvalambor, alohida xonada to`g`ri parvarishlash, gigiena qoidalariga amal qilish va eng muhimi, sog`lom ovqatlantirish kerak.  

Masalan, olti oygacha bo`lgan chaqaloqlar parvarishida ona suti juda muhim. Shu sababli bunday bolalarni istisnosiz emizish tavsiya etiladi. Go`dak kasallikka chalinganida uni tez-tez va ko`proq ona suti bilan oziqlantirish zarur.  

Olti oydan oshgan bolalar esa qo`shimcha ovqat eyishni boshlaydi. Ularni odatdagidek taomlantirishni davom ettirish kerak. Bemor o`g`il-qizlar to`g`ri ovqatlantirilsa, kasallik bilan kurashish qobiliyati oshib, tezroq oyoqqa turadi.  

Kasallik paytida bolaning ishtahasi susayib, taom berish jarayonida injiqlik qilishi tabiiy. Biroq bunday paytda uni ovqatlanishga undash kerak. Kichkintoylarga yoshiga mos, avval ham eb o`rgangan hamda o`zi sevib iste`mol qiladigan, yumshoq pishirilgan, ishtaha ochuvchi taomlar berilishi maqsadga muvofiq.  

Shifokorlar bolaga kasal paytida tez-tez, kam-kam ovqat berishni tavsiya qilishadi. Ammo bu taomlar umumiy hajmini kamaytirishni anglatmaydi. Sog`aygach esa unga odatdagidan ham ko`proq ovqat berishni taklif etamiz. Bu farzandlarimizning quvvatini tiklashi uchun muhim.  

Qolaversa, kasallik chog`ida bolaga ko`p miqdorda suyuqlik ichirish lozim. Oddiy qaynagan suv yoki uyda tayyorlangan meva sharbatlari tomoqdagi yo`tal va  og`riqni yumshatib, tanadan viruslarning tezroq chiqib ketishini ta`minlaydi.  

Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, bemor bolani qat`iy parhezga o`tkazish mumkin emas. Shu bilan birga, yangilik yaratish ham to`g`ri bo`lmaydi. Masalan, bolaga avval iste`mol qilmagan taomlar va mahsulotlarni  vaqtincha bermagan ma`qul.  

Shu o`rinda, faoliyatimizda ko`p kuzatiladigan bir holatni aytay: yurtimizda bayramlar, quvonchli sanalar bo`lsa, o`sha kunlari kasalxonalarga murojaatlar soni oshib ketadi. Bolalar allergiya, ichbuzilish belgilari bilan shifoxonalarga  olib kelinadi. Chunki noto`g`ri ovqatlanish o`sha kuniyoq bolada o`z alomatlarini namoyon qiladi. Shunday ekan, sog`lom turmush tarziga har doim amal qilishimiz zarur.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya