UY SHAROITIDA KINDIK YARASINI QANDAY PARVARISH QILISH KERAK.

UY SHAROITIDA KINDIK YARASINI QANDAY PARVARISH QILISH KERAK.
uy sharoitida kindik yarasini qanday parvarish qilish kerak 65cb17a71bc1b

e1742941a0974eecbe833

UY SHAROITIDA KINDIK YARASINI QANDAY PARVARISH QILISH KERAK.

Mundarija скрыть
UY SHAROITIDA KINDIK YARASINI QANDAY PARVARISH QILISH KERAK.
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Uy sharoitida kindik yarasini qanday parvarish qilish lozim! (Onalar bilishi zarur)
Kindik yarasi chaqaloqning zaif joyidir, unga infeksiya tushib qolish ehtimoli yuqori, shuning uchun chaqaloqqa malakali parvarish zarur.
?PEDIATRLAR QUYIDAGICHA PARVARISH QILISHNI MASLAHAT BERADI ?
?Vodorod peroksid (3% eritma);
?Spirtli suv eritmasi (1% li brilliant yashili);
?Moychechak eritmasi.
Muolaja o’tkazish uchun steril paxtali diskchalar, paxtali tayoqchalar, pipetka va salfetka kerak bo’ladi. Tug’ruqxonadan javob berilganda keyin birinchi haftada kindikka kuniga 2 marta(ertalab va kechqurun) ishlov berish tavsiya etiladi. Juda tez-tez parvarish choralari chaqaloqning nozik va sezgir terisida ta’sirlanish keltirib chiqarishi mumkin.
Muolaja chaqaloqni cho’miltirishdan so’ng amalga oshirilishi kerak, cho’miltirish vaqtida esa kindikni moychechak eritmasi bilan yengil yuvish mumkin.
Vodorod peroksid eritmasiga botirilgan paxtali tayoqcha bilan yara joyi yengillik va muloyimlik bilan artib chiqiladi. Agar peroksid ko’pirib, shivillagan ovoz chiqarsa, vahima tushmang, bu infeksiya borgini anglatmaydi, shunchaki kindikda qon qoldiqlari borligidan dalolat beradi, buning xavfli joyi yo’q.
Artib bo‘lingandan keyin, yara joyi paxtali diskcha yoki quruq mato yordamida yaxshilab quruq qilib artib olinishi zarur. So’ng yaraga brilliant yashili eritmasi surtiladi, u yarani quritadi va infeksiyalanish xavfini kamaytiradi. Eritmani surtganda yaraning holati ko’rinadigan bo’lib qolishi kerak. Bundan tashqari, uni haddan tashqari ko’p surtish bolaning terisini kuydirishi mumkin, shuning uchun bu masalada juda ehtiyot bo’lish kerak.
Qachon pediatrga murojaat qilish kerak?
?Quyidagi holatlarda Pediatr ko‘rigi juda zarur: ?
?Kindik doimo nam bo’lsa;
?Ajralayotgan suyuqlikdan yoqimsiz hid kelsa;
?Yara atrofidagi teri qizarib ketsa;
?Bola kuchangan paytda kindik kattalashsa;
?Kindikdan qon aralash ajralmalar kelsa.
Agar biron bir muammo aniqlansa, darhol bolani pediatr ko‘rigiga olib boring, pediatr yangi tug’ilgan chaqaloqning kindigini qanday parvarish qilish kerakligini batafsil ko’rsatib tushuntirib beradi.
Yosh onalar yuqoridagi muammolarni mustaqil hal qilishlari, internetdan javob topishlari yoki tibbiy mutaxassisligi bo’lmagan dono buvijonlarning maslahatlarini tinglashlari tavsiya etilmaydi.
ESLATMA ! Kindik yarasiga infeksiya tushishi sepsisga va boshqa og‘ir asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin!
@Farmakologiya_TTA
,, ТАБЛЕТКА » kanali

UY SHAROITIDA KINDIK YARASINI QANDAY PARVARISH QILISH KERAK.