UTTARPRADESh
UTTARPRADESh — Hindistonning shim. qismidagi shtat. Himolay togʻlarining jan. etagida. Mayd. 240,9 ming km2. Aholisi 166 mln. kishi (2001), aksari qismi hindu va musulmonlar. Asosiy tili — hindi, aholisining bir qismi urdu tilida soʻzlashadi. Maʼmuriy markazi — Lakhnau sh. Yirik shaharlari: Agra, Kanpur, Varanasi, Aligarh, Ilohobod.
Ensiklopediya.uz
UTTARPRADESh