USTUNGUSHA

USTUNGUSHA

USTUNGUSHAburchak tayanchi, ustun. Bino burchaklaridagi ustunsimon bezak. Bino mustahkamligini taʼminlagan va bezak sifatida peshtok, ravoq, mehrob chetiga ustun, hoshiya, morpech shaklida ishlangan. Ismoil Somoniy maqbarasi, Ali Nasafiy makbarasi, Turkan ot maqbarasi, Amirzoda maqbarasi, Oqsaroy, Amir Temur maqbarasi, Sherdor Madrasa va b. ning Ustungusha lari turli shaklda, oʻziga xos bezakdor qilib pardozlangan.

Ensiklopediya.uz
USTUNGUSHA