Ustozga ehtirom

Ustozga ehtirom
ustozga ehtirom 65ca92b23f596

ad67b6b4 7658 79c1 4704 5cfbfad1c9dd

Ustozga ehtirom

DO`STLARGA ULASHING:

Ustozga ehtirom

Ilk bora qoʻlimga ushlatib qalam,
Ona deb yozishni oʻrgatdi, ustoz.
Jajji yuragimga berib ziyoni,
Vatan deb yonishni oʻrgatdi, ustoz

Navoiy sabogʻin oʻrgatgan onda,
Farhodday mard, jasur boʻlgandi, ustoz.
Qodiriyni ayblab otishgan deya,
Mushtini alam-la tukkandi, ustoz.

Ustozim sochiga qoʻnibdi qirov,
Olsinlar sochimning tolalarini.
Mehrli koʻzlari nurdan qolibdi,
Berayin koʻzimning qoralarini.

Ustozim dilida, qalbida mangu,
Oʻzbekning sharqiroq qoni oqadi.
Ustozim tilida shirin bir tuygʻu,
Shuning uchun ul zot kulib boqadi.

Ustoz-chun jonimni aylagum fido,
Ul zot meni ilmga qildilar gado.
Maʼrifat yoʻlida, bilim yoʻlida,
Qaniydi bir umr boʻlsaydim ado.

Soxta qalam bilan, soxta til bilan,
Ustozi shaʼniga sheʼr bitdi demang.
Shogird Sarv pokiza asl dil bilan,
Mehribon ustozin madh etdi xolos.

Fargʻona viloyati Fargʻona tumani 3-sonli oʻrta taʼlim maktabi oliy toifali ona tili va adabiyot oʻqituvchisi Muyassar Djurayeva

Ustozga ehtirom