Ustoz va muallimlarimiz haqida she’rlar
USTOZ — OTANGDAY ULUG‘ Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘, Temur bosh qo‘ydi mangu ustozining poyiga, Ota-ona farzandni keltiradi dunyoga, Deydilar, ustoz jabri — ota mehridan afzal, Ustoz ko‘rmaganlarning yo‘rg‘alashdir odati, Najot gulin o‘stirar Avloniy gulbog‘ida, Mirza QAYNAROV, AZIZ MUALLIM Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam, Qalbingizda doim ilm porlaydi, Shahodat BOYQOBILOVA,Ustoz va muallimlarimiz haqida she’rlar
DO`STLARGA ULASHING:
Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘,
Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,
Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Ustoz o‘xshar olamning Quyoshiga, Oyiga,
Bilim nuri yog‘ilar qadam qo‘ygan joyiga,
Yo‘llar adolat, vafo, muhabbat saroyiga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Ustoz esa cho‘mdirar ilmu hikmat, ziyoga,
Yerdagi bolalarni ko‘taradi samoga,
Ota-ona fanosin aylantirar baqoga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Shogirdlarning iqboli — ustoz jabriga badal,
Navoiy demish, kasbni egallagil mukammal,
Saodatning kaliti, bilgilki, ilmu amal,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Ezgu bo‘lsin har kimning so‘zi, sa’yi, niyati,
Kam ye, kam de, kam uxla — ustozlar nasihati,
Nechog‘ buyukdur ustoz kalomining qudrati.
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Haq olinur, berilmas — Behbudiy sabog‘ida,
Oqilxonning siymosi «Alifbo» varog‘ida,
Ustozlar iydin yozay qasidam adog‘ida,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
faxriy o‘qituvchi.
Sardoba tumani
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.
Kitob tumanidagi 4-maktabning
9-sinf o‘quvchisi
Ustoz va muallimlarimiz haqida she’rlar