Ustoz, kitobda xato berilmaydi-ku. ”

Ustoz, kitobda xato berilmaydi-ku. ”

— Bu yil 1-sinfni o‘qityapman. Hatto “Alifbe” darsligi ham ayrim xatoliklardan xoli emas. Bolaga dastlab harf o‘rgatganda so‘zlar bo‘g‘inga ajratib yozdiriladi. Lekin “Alifbe” kitobimizning ba’zi sahi­falarida berilgan so‘zlarning birinchi qatori bo‘g‘inga ajratilmagan. Masalan, “B” mavzusida bino, bola, so‘zlari, “K” da ikki, katta, aka, “M”, “U” kabi harflarga berilgan misollarda ham shu holat takror­langan.

‎«Ona tili va adabiyot» (savol-javob kitobi)‎

Mazkur savol-javob kitobi shu xildagi boshqa qo‘llanmalardan ayrim afzalliklari bilan farq qiladi. ‎Ya’ni, u o‘qituvchilarning ham, akademik litsey, kasb-hunar kolleji va maktab o‘quvchilarining ham, ‎abituriyentlarning ham qiziqish hamda ehtiyojlarini inobatga olgan holda yaratildi. Shu bois ‎o‘qituvchi undan zarur mavzu bo‘yicha savollar bazasini shakllantirish uchun foydalanishi mumkin ‎bo‘lsa, o‘quvchi va abituriyent aniq bir mavzu bo‘yicha o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan narsalarni topa ‎oladi.‎
Qo‘llanmani shakllantirishda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun amalda bo‘lgan «Ona ‎tili», «Hozirgi o‘zbek adabiy tili», «Adabiyot», «Ona tili va adabiyot» darsliklari bilan bir qatorda ‎ko‘pchilikning nazaridan chetda qolib kelayotgan, lekin akademik litseylar uchun darslik va o‘quv ‎qo‘llanma sifatida tavsiya qilingan «Adabiyot qoidalari» va «Xalq og‘zaki ijodi» kitoblari ham asos ‎qilib olingan va savollar darslik-majmualardagi mavzular ketma-ketligi bo‘yicha tartiblangan.‎
Kitobning afzalliklaridan yana biri shuki, unda «Ona tili» va «Adabiyot» faniga bir-birini taqozo ‎etadigan fanlar sifatida qaraldi. Bu narsa esa abituriyentga qulaylik tug‘diradi, ya’ni endi u har ikki ‎fanga oid ma’lumotlarni bitta manbadan o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ‎darsliklarning mashqlar, savol va topshiriqlar qismidan ham savollar tuzildi. Savollar jamlanmasi ‎darsliklar o‘sha mavzular bo‘yicha tartiblangani uchun takrorlar uchrashi aniq. Olingan ma’lumotni ‎esga olishga va xotirada mustahkamlashga xizmat qilishini nazarda tutib bunday takrorlarni ‎saqlashga qaror qilindi.‎
Kitobda bundan oldin nashr qilingan ushbu xarakterdagi kitoblar tajribasidan ijodiy foydalanilishi ‎barobarida ularda uchraydigan ayrim bahstalab holatlar va bir tushuncha atrofidagi farqli ‎ma’lumotlar zarur o‘rinda havola ko‘rinishida qayd etildi. Masalan, Asqad Muxtorning vafot etgan ‎sanasi 5 va 7-sinf «Adabiyot» darsliklarida «1997 yil» deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, 8-sinf «Adabiyot» ‎darsligida «1996 yil» deb, akademik litseylarda foydalanilayotgan «Adabiyot» darsligida esa «2004 ‎yil» deb qayd qilingan.‎

Tuzuvchilar: Shavkat Yangiboyev, Safarali Qurbonov, Shahnoza Qahhorova
Nomi: «Ona tili va adabiyot» (savol-javob kitobi) ‎
Nashriyot: «Akademnashr» Nashriyot-matbaasi
Sana: 2015 yil
Hajmi: 736 bet
ISBN: 978-9943-985-43-8‎
O‘lchami: 84×108 1/32‎
Muqovasi: Yumshoq

“Ustoz, kitobda xato berilmaydi-ku. ”

“Mushtariy muhokamasi”ning bu galgi mavzusi — maktab darsliklari­dagi xatoliklar.

— Matematika darsida bir o‘quvchim misolni xato yechdi. Tengdoshlari xatoligini aytishsa, tan olmasdan, “Bu misol darslikda xato berilgan, shuning uchun men bo‘linmada qoldiq chiqardim”, dedi. O‘quvchilarimning kitob haqida fikri o‘zgardi. Axir, ular darslikda berilgan har bir ma’lumotni to‘g‘ri deb biladi. Lekin ayrim darsliklardagi xatolar sabab o‘quvchilarning kitobga mehri, o‘qituvchi bergan bilimlarga ishonchi so‘nayotganday. Ustozning aytganlari kitobdagi bilan to‘g‘ri kelmasa, o‘quvchi ikkilanib qolmay­dimi? Ta’limga, kitob mutolaasiga katta e’tibor qaratilayotgan bir davrda bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymas­ligimiz kerak.

— 2-sinf “Ona tili” darsligidagi “So‘z ichida yonma-yon kelgan bir xil undoshlar” mavzusidagi 132-mashqda topishmoqning javobi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan. Bu mashq o‘qituvchilar davrasida ham bahs-munozaraga sabab bo‘ldi. Achinarlisi, ayrim ustozlar o‘sha javob aslida to‘g‘riligini “isbotlashga” urindi. Demak, ular bolaga ham shunday o‘rgatishgan. Mana o‘sha topish­moqlar:

1) Katta varaq, dumi taroq,

Akasining ismi — quroq.

(Javobi: y….q (yostiq ekan).

2) Og‘zi yo‘g‘-u tishi ko‘p,

Chaynagani to‘sin cho‘p.

(Javobi: j. a ( javda emish).

Aslida birinchi topishmoqning javobi varrak, ikkinchisiniki arra bo‘lishi kerak. Har ikkala topishmoqni bolalar maktabga chiqmasdanoq yodlab olishadi. Afsuski, mazmuniga umuman to‘g‘ri kelmaydigan javoblar bolalarning kitobga ishonchini yo‘qotmoqda.

— Darslikdagi ba’zi tushun­movchiliklarga ko‘z yumib ketish qiyin. 2016-yili chop etilgan 3-sinf “O‘qish” darsligidagi “Vatan” matnida olamni mahliyo etgan qadimiy shaharlar — Buxoro, Samarqand, Xorazm deyilgan. Buni o‘qib o‘zim ham ikkilanib qoldim. Xorazm shahar bo‘lganini eshitmagan ekanman. Aniqlashtirish maqsadida tarixchi­larga murojaat qildim. Tarixiy shaharlar qatoriga Xorazm o‘rniga Xiva kiritilsa, to‘g‘ri bo‘lardi.

— 6-sinf “Ona tili” darsligida 49-mashqdan keyin 50-mashq tushib qolgan. Yoki “mobaynida” so‘zi tarkibiy qismlarga bo‘lingan. Aslida bu yaxlit so‘z. Yana bir xato — “Fors tili” so‘zidagi “-i” qo‘shimcha sifatida ko‘rsatilgan.

E’tirozlarim shu bilan tugamaydi. 6-sinf “Ona tili” darsligini fe’l mavzusi bilan emas, ot mavzusi bilan boshlashni taklif qilgan bo‘lardim. Undan keyin sifat va fe’l o‘tilsa, maqsadga muvofiq. Chunki harakat nomi va sifatdoshni o‘quvchiga tushuntirish ancha oson.

Yoki bo‘lmasa, darsliklarda shunday so‘zlar borki, uni bolalarga qanday tushuntirishni bilmaysan, kishi. Masalan, 7-sinf “Adabiyot” darsligida Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasida “taloq” so‘zi bor. Bolaning “Taloq nima?” degan savoliga nima deb javob berardingiz? Bu bolalar, ayniqsa, qizlarning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

— Yozuvchi va shoir Asqad Muxtor qachon vafot etganini bilasizmi? 5- va 7-sinf “Adabiyot” darsligida 1997-yil deb yozilgan bo‘lsa, 8-sinf “Adabiyot”ida 1996-yil ko‘rsatilgan. Axir, bu qandaydir nazariya emaski, uni har kim har xil talqin qilsa. Buni o‘quvchiga qanday tushuntirish mumkin? Test savollari haqidagi noroziliklar ham shunday manbalar sabab yuzaga kelmoqda. O‘quvchi javoblarning to‘g‘ri varianti yo‘q ekan, deb e’tiroz bilidiradi. Chunki testda manba berilmaydi.

— Darsliklardagi xatolar og‘riqli nuqtamiz. Har yili bu kamchilikni hududiy xalq ta’limi boshqarmasiga yozib beraveramiz, yana o‘sha darsliklardan o‘zimizga moslab foydalanaveramiz. Darslik­dagi xatolarni o‘qituvchilar guruhida muhokama qilganimizda darslik muallifi bo‘lgan opamiz juda qattiq ranjib, “Bilimdon bo‘lib ketibsiz­larmi?!” deb kinoya qilgan edi.

— 5-sinf ingliz tili darsligida Unit 1. Lesson 2-, 7-sahifalarida “My cat’s name’s is Tiger” jumlasida “is” fe’li ortiqcha qo‘llanilgan. Shu darslikning Unit 2. Lesson 4-, 15-sahifalarida “Teachers work at the school” jumlasida ham “the” artikli noto‘g‘ri ishlatilgan. 7-sinfda Lesson 4 da “What’s it made of?” mavzusida made of va made from frazalari bir o‘rinda qo‘llangan. Aslida ikkala-sining bir-biridan ma’noviy jihatdan farqi katta.

— Darsliklar loyihasi qay tarzda muhokama qilinishi, qo‘llanmani yozish uchun muallif­larga qancha muddat berilishi va qanday sharoit yaratilishi bilan hech qiziqib ko‘rganmisiz? Men muallif emasman, lekin bu jarayonni ko‘p kuzatganman. Darslik mualliflari uchun, birinchidan, vaqt kam beriladi. Ikkinchidan, ular uchun sharoit yo‘q hisobi. Biz ayta­yotgan mualliflar ishidan ajramagan holda darslik yozadilar. Darslikda xato chiqsa, darrov mualliflarni ayblaymiz, lekin musahhihlar-chi? Nega ularga ham javobgarlik yuklatilmaydi? Axir, darslikning so‘nggi varianti bilan ular ishlaydi-ku. Qolaversa, muharrirlar, nashriyot xodimlari ham darslik uchun mas’ul hisoblanadi.

Yana bir jihat: darslikni ko‘rib chiqish uchun maktab o‘qituvchilari ham jalb etiladi, lekin shu o‘qituvchilarning bilim darajasi yetarlimi-yo‘qmi — bu ham hisobga olinadimi? Agar o‘qituvchi to‘g‘ri tanlanib, ularga kerakli sharoit yaratilib, ijodiy guruh bilan ishlash imkoniyati berilganda edi…

— Bu yil 1-sinfni o‘qityapman. Hatto “Alifbe” darsligi ham ayrim xatoliklardan xoli emas. Bolaga dastlab harf o‘rgatganda so‘zlar bo‘g‘inga ajratib yozdiriladi. Lekin “Alifbe” kitobimizning ba’zi sahi­falarida berilgan so‘zlarning birinchi qatori bo‘g‘inga ajratilmagan. Masalan, “B” mavzusida bino, bola, so‘zlari, “K” da ikki, katta, aka, “M”, “U” kabi harflarga berilgan misollarda ham shu holat takror­langan.

— Avvalo, darsliklar chop etishda monopoliyani bekor qilish kerak. Chunki sifat faqat erkin raqobat bor joyda bo‘ladi. 1930-yillari har bir fandan faqat bitta darslik tasdiqlanishi qoida sifatida kiritilgan (hammaga bir xil mafkurani singdirish maqsadida) edi. Sobiq ittifoq hududidagi davlatlarning deyarli barchasi darsliklar mono­poliyasini bekor qilgan. Bizda esa bu saqlanib qolgan, chunki bunday tartib tanish-bilishchilik va korrup­siyaga keng yo‘l ochadi. Buyuk Britaniya, AQSh kabi davlatlarda bitta fandan faqat bitta darslik bo‘lishi kerak, degan tushuncha yo‘q. Agar erkin raqobat bo‘lib, maktabda bir necha darslikdan istaganini tanlash imkoniyati bo‘lsa, tabiiyki, muallif ham, noshir ham mahsulotini sifatli chiqarishga majbur bo‘ladi. Xalq ta’limi vazirligida darsliklar tizimiga mutasaddi rahbarlar bilan bu borada gaplash­ganimda ular turli bahonalar topishgan. Xo‘p, unda vazirlik tasdiq­layotgan darsliklar mualliflari qanday mezonlar asosida tanlangan, desam yelka qisishgan. Chunki shu yerda ham tanish-bilishchilik va korrupsiya.

— Fikrimcha, darslik tayyor­lashda monopo­liyani bekor qilishga hali tay­yor emasmiz. Yagona tasdiq­langan darsliklardagi muammolarni to‘liq tugatib bo‘lganimiz yo‘q-ku. Rivojlangan davlatlarda o‘qituv­chining salohiyati biznikidan ancha yuqori. Chunki ular testdan oldin 300 tagacha kitob o‘qishadi. Biz bu yildan boshlab faqat 10 ta tavsiya qildik. O‘qituvchilarimiz orasida kitob o‘qimaydigan filologlar soni o‘qiydiganlardan ancha ko‘p.

— Umrida bir marta dars ishlanmasi yozib ko‘rmagan ayrim o‘qituvchilar darslik yozishga da’vo qilganini ko‘rdim. Agar adashib darslik shunday insonlar tomonidan yozilsa bormi.

Darslik mualliflari necha yillardan buyon o‘zgarmay keladi. Boshqa­larga ham imkoniyat berish kerak.

— Afsuski, erkin raqobatga hali-beri o‘tolmaydiganga o‘xshay­miz. Oddiy avtomobil sanoati yoki internetda erkin raqobatga yo‘l ochilmayotgan bir paytda ta’limga yo‘l bo‘lsin. Ta’limni-ku davlat bepul qilib belgilagan, biz to‘laydigan soliqlar hiso­bidan moliyalashtiradi. Dars-liklarni tuzuvchilar esa shu pullarni talon-toroj qilishadi. Pul — xalqniki, xalqni talon-toroj qiladi, desak ham bo‘laveradi. Mayli, hech bo‘lma­ganda xususiy maktablarga yo‘l ochildi-ku. Darsliklarga ham yo‘l ochilib qolar. Aytgancha, xususiy maktablarga ham darslikni tanlash huquqi beriladimi yoki ular ham faqat bitta darslikdan foydalanishga majburmi?

“Ma’rifat” muxbiri tc ““Ma’rifat” muxbiri” Niginabonu SHUKUROVA tayyorladi.

Qiziqarli malumotlar
kitobda xato berilmaydi-ku. ”, Ustoz