Ustoz haqida sherlar
Ustoz haqida sherlar. Ustozlar haqida rasmli sherlar. Ustoz haqida 4-qator sher. Ushbu sherlar to’plamini o’qib chiqing hamda undan foydalaning. Ustoz haqida sherlar to’plami sizga manzur bo’ladi degan umiddamiz. She’riy to’plamda birinchi ustoz haqida sherlar, ustoz haqida sherlar bolalar uchun o’rin olgan. Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam, Qalbingizda doim ilm porlaydi, Ustozim bor mehribon, Ustozim yuzga kirsin, Qalblarida mehrdir, Qadri bilinadi menga endi goh, Sizning ta’limingiz olmagan kim bor, Bitta harf dardida riyozat chekib, Buyuk Alisherbek lutf etgan misol, Bilim — katta daryo, Manba : uzsmart.uzUstoz haqida sherlar
DO`STLARGA ULASHING:
Ustoz haqida sherlar
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.Ustozim – ustoz haqida sher 4 qator
Boshimizga soyabon.
O’zi juda talabchan,
Bo’lsin doim sog’-omon.
Davru-davronlar sursin.
Hassaga suyanmasin,
Bizga suyanib yursin.Aziz buyuk ustozim
So’zlarida sehrdir
Ko’zlari to’la quvonch,
Aziz buyuk ustozim.
Bolalarni sevasiz,
Bizga ta’lim berasiz,
Sabr qanoatlisiz
Mehri daryo ustozim.
Dasta-dasta gul tutsam,
Arzimas bu bilimga,
Barcha ezgulik sizga
Aziz buyuk ustozim.Oddiy muallim.
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq
Kimlardir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zotga xarf o’rgatgan kim?…
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Tuproqdek xokisor, bezota jonlar,
Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,
Ammo Temurdayin Sohibqironlar
Pirim deb , etgain o’pgan bor.
Qaysar joxongirga yo’l ko’rsatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrapni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so’z o’rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqilsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogirdin o’ylab yotgan kim?…
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh
— Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bеbaho tilsim
— Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa
— Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!O’qituvchim.
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo san’atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan
Oqibat ko’kka ham chiqolgan inson.
Ne ajab sizlarni bahtiyor etib,
O’rnidan dast turib, bosh egsa shu on.
Savod o’rgatdingiz qancha ranj bilan.
Koplab bo’larmikan bu qarzni alxol,
O’zib bo’larmikan yuzta ganj bilanUstoz – ustoz haqida sherlar.
ustoz, siz — mirob,
Millat ravnaqida murabbiy — oftob.
Zamonlar o’zgarar, asrlar o’tar,
Quyoshdek o’zgarmas Alifbo kitob.
Kundaligim varag’ida baholar,
Goho a’lo, goho ikki jazolar.
Yo’l topdik. Ranj chekkaningiz ganj bo’ldi
— Bolalikda to’g’rilandi xatolar.
Esdalik daftarimni qo’lga oldim,
O’quvchilik davrimga nazar soldim.
Kechirgansiz qancha sho’xligimizni,
Sabru-toqatingizga qoyil qoldim.
Keksa ustozimning sochlari oppoq,
Ko’zlari mehribon chaqnaydi biroq.
Bilim va ma’rifat o’rgatar hamon,
Hayot maktabida chalib qo’ng’iroq.
O’qimasak, takror o’qitgan, tolgan,
Manglayida qator ajinlar qolgan.
O’sha ajinlari tufayli xalqni
Kelajakka eltar to’g’ri yo’l solgan.
Ustoz haqida sherlar