Ustki kiyim bilan obraz yaratishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 8 ta xato

Ustki kiyim bilan obraz yaratishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 8 ta xato

Shuningdek, palto yoki boshqa ustki kiyimlar imkon qadar tabiiy matodan tikilgan bo‘lishi lozim. Chunki ular qishda issiq tutadi. Sintetika, charm yoki boshqa turdagilari shunchaki chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin xolos.

Ustki kiyimlar erkaklar uchun

Ustki kiyim – bu garderobning zarur qismi bo‘lib, u odatda insonni issiq saqlash va shinamlik uchun javob beradi. Biroq hozirgi vaqtda garderobimizda to‘plangan katta miqdordagi turli-tuman obrazlar sababli har qanday holat uchun ustki kiyim tanlashga to‘g‘ri kelmoqda. Misol uchun, o‘zini hurmat qilgan har qanday erkakda klassik uslubdagi palto, plash va albatta mavsumiy va mavsum oralig‘iga mo‘ljallangan qulay kurtkalar bo‘lishi kerak. Qish haqida gapirganda partushak (puxovik) ham ortiqchalik qilmaydi!

O‘z obrazingizni to‘ldirayotib uyg‘unlikka ham e’tibor bering, chunki bu uslub nuqtayi nazaridan juda ham muhimdir. Biz sizga asqotishi mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan look va obrazlarni to‘pladik. Birikmalarni o‘z didingiz va garderobingiz bilan moslashtirib o‘zingizga mosini tanlang!

Biz erkaklar uchun ustki kiyimning eng yaxshi universal modellarini to‘pladik. Taqdim etilgan kiyimda tanlovning eng talab yuqori bo‘lgan mezonlari uyg‘unlashgan: tikishda qo‘llaniluvchi gazlamalarning yuqori sifati, har bir jentlmenda shubhasiz mavjud bo‘lgan sport va kundalik stilistika va albatta arzon narx.

Mahsulotlarning keng assortimentni sizni o‘zining tanlovi va universalligi bilan xursand qiladi. Siz o‘zingizga mos qiyofani osonlik bilan tanlay olasiz.

Bizning saytimiz arzon narxli mahsulotlar bilan savdo qiluvchi do‘konlarning bir yerda jamlanganligi bilan e’tiborga loyiq. Shuningdek biz sizning qulaylik va shinamligingiz haqida qayg‘uramiz, aynan shuning uchun o‘z garderobingizni yangilayotib siz buyurtmani uyga yetkazib berishni rasmiylashtirishingiz mumkin. Bizning yetkazib berish xizmatimiz nafaqat Toshkent shahrida, balki butun O‘zbekiston bo‘ylab ishlaydi.

Allso.uz – bu siz uchun qulay shoping!

Mahsulotlar

Ustki kiyim bilan obraz yaratishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 8 ta xato

Pidjak, paltolar va boshqa ustki kiyimlarni tanlashda ehtiyot bo‘lish kerak: ustki kiyim — bu garderobning eng muhim elementlaridan biridir. Marie Claire nashri ayollar ko‘pincha yo‘l qo‘yadigan xatolar haqda so‘z yuritdi.

Foto: Marie Claire

Ustki kiyim garderobdagi eng qimmat buyumlardan biridir. Shuning uchun bu narsa bir mavsumdan ko‘proq vaqt davomida xizmat qilishi kerak. Buning uchun esa, avvalo, kiyimni qanday tanlashni bilish kerak, eng muhimi, uslubni buzadigan xatolardan qanday qochish kerak.

Foto: Marie Claire

Agar palto, plash, kardigan va shunga o‘xshash uzun ustki kiyimlar tanlash kerak bo‘lsa, ularni imkon qadar boldir qismiga tushadiganini olish tavsiya etiladi. Bunday uzunlikdagi ustki kiyimlar yubka, ko‘ylak, shim yoki boshqa kombinatsiya bilan ham ajoyib ko‘rinishni hosil qiladi.

Foto: Marie Claire

Ustki kiyim tanlashda rang alohida ahamiyatga ega. Keyingi mavsumda qanday rang urfda bo‘lishi mavhum masala. Shuning uchun ularni neytral rangda bo‘lishi maqsadga muvofiq. Oq, qora, qaymoq rang, kulrang, jigarrang yoki to‘q ko‘k kabi qalin ustki kiyimlar uzoq muddat davomida ko‘zga tashlanmaydi.

Foto: Marie Claire

Keng yoqalar, burmali bezaklar va turli xil bichimdagi ustki kiyimlarga ham kamroq ustunlik berish kerak. Chunki mavsum mobaynida turli xil uslublar urfga kiradi. Klassik uslublar esa hamisha tendensiyaga muvofiq ravishda o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Mutaxassislar bu masalada ko‘proq oddiy bichimdagi klassik ustki kiyimlarni tavsiya etadi.

Foto: Marie Claire

Ustki kiyimlardan joy olgan yirik tugma, zamok yoki belbog‘ ham obrazga putur yetkazishi mumkin. Sababi ular libosning qiymatini tushiradi. Yaxshisi, ustki kiyim tanlaganda qo‘shimcha detallari bo‘lmagan modellarni tanlash obrazni yanada boyitadi.

Foto: Marie Claire

Ustki kiyim naqshlarini ham bu borada e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Sababi ko‘ylak yoki yubka naqshli bo‘lsa, ustki kiyimlar ulardan xoli bo‘lgani ma’qul. Obraz yaratishda barcha kiyimning naqshlisiga ustunlik berish bachkanalikni keltirib chiqaradi.

Foto: Marie Claire

Shuningdek, palto yoki boshqa ustki kiyimlar imkon qadar tabiiy matodan tikilgan bo‘lishi lozim. Chunki ular qishda issiq tutadi. Sintetika, charm yoki boshqa turdagilari shunchaki chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin xolos.

Foto: Marie Claire

Uzoq muddat urfda bo‘lgan kurtkalar bir-ikki mavsumdan keyin o‘z ko‘rinishini yo‘qota boshlaydi. Shuning uchun ichki qismi pat yoki par bilan to‘ldirilgan qishki kiyimlardan qochish kerak. Bu kabi kurtkalarni tanlashda tabiiy vositalardan tayyorlangan kiyimlar uzoq vaqt xizmat qiladi.

  • Garderobdagi o‘rnini yangilariga bo‘shatishi kerak bo‘lgan eskirgan oyoq kiyim modellari (foto)
  • 2022—2023 kuz-qish mavsumining eng zamonaviy sumka modellari (foto)
  • Garderobni yangilang: urfdan qolgan 5 xil futbolka modeli (foto)

Liboslar tarixi

Mualliflar: D.Rahmatullayeva, U.Xodjayeva, F.Ataxanova Jamiyat hayotida libosning o’rni. Kiyim va libos tushunchalari Xalq turmushining boshqa sohalari singari milliy liboslarni o’rganish har bir xalqning etnik tarixi va madaniyatini, uning boshqa xalqlar bilan o’zaro aloqalarini tatbiq etish bilan chambarchas bog’liqdir. U moddiy va ma’naviy yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o’ziga xosligini aks ettiruvchi va etnik belgilarini ko’rsatuvchi mezon ham hisoblanadi. Shu ma’noda libos tarixini o’rganish yer kurrasida mana necha ming yillardan beri yashab kelayotgan xalqalr boy madaniy merosi, shu bilan birga ularning an’analari, yashash tarzi haqida kattagina ma’lumot ham beradi. Liboslar nafaqat insonlarning tabiiy va estetik ehtiyojlarini qondiradi, shu bilan birga ularda har bir millatning urf-odatlari, ijtimoiy munosabatlar, mafkuraning ba’zi bir elementlari, diniy e’tiqod, nafosat va estetik normalar o’z aksini topgan. Bundan tashqari, kiyimlarda inson yashagan joy va zamon, uning hayotiyigi, quvonchli yoxud qayg’uli voqealar namoyon bo’ladi. Kiyim jamiyat moddiy va ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismidir. Bir tomondan, u inson mehnati mahsuli sifatida ma’lum bir moddiy qiymatga ega bo’lib, ma’lum bir ehtiyojlarni qondirsa, ikkinchi tomondan u amaliy-bezak san’ati namunasi hamdir. Me’moriy inshootlar, mehnat va turmush qurollari singari kiyim ham ma’lum bir tarixiy davr, mamlakatning tabiiy iqlim sharoiti, xalqning milliy o’ziga xosliklari va uning go’zallik haqidagi tasavvuri haqida ma’lumot beradi. Kiyim va libos tushunchalari mazmun-mohiyati jihatdan bir-biri bilan mushtarak ko’rinsa-da, ushbu tushunchalar o’rtasida birmuncha farqlar ham mavjud. Kiyim deganda, avvalo, inson tanasining turli qismlarini berkitish uchun zarur bo’lgan, uni tashqi muhitning turli ta’sirlaidan himoyalaydigan buyumlar tushuniladi. Kiyimning qator turlari mavjud. Bular: ichki kiyim, ustki kiyim, turli uzunlikdagi paypoqlar, poyabzal, bosh kiyimlari. Mana shu predmetlar turli vazifalarni bajaruvchi aksessurarlar, bezaklar, soch turmagi, pardoz bilan birga libosni tashkil etadi. Aynan libos insonning ijtimoiy kelib chiqishi, uning o’ziga xos xususiyatlari, yoshi, jinsi, xarakteri va estetik didini namoyon etadi. Liboslarning asosiy turlari va shakli. Ba’zi bir tadqiqotchilar kiyim uyalish hissiyoti sabab paydo bo’lgan desa, boshqasi o’z tanasi bezash niyati sabab deydi, uchinchi birlari esa inson sovuqdan himoyalanish uchun kiyimga ehtiyoj sezgan deb javob beradi. Darhaqiqat, kiyim qachon paydo bo’lgan degan savol ko’pchilikni qiziqtirsa kerak. Insoniyat unga nima sabab ehtiyoj sezgan? Bu va bu kabi savollarga javob berish uchun qadimshunoslik fani yordamga keladi. Qadimshunoslik (arxeologik) qazilmalar kiyim insoniyat taraqqiyotining eng qadim davlarida (40-25 ming yil ilgari) paydo bo’lganini ko’rsatadi. Poyabzal birmuncha keyingi davlarda paydo bo’lgan bo’lib, libosning boshqa elementlaridan ko’ra birmuncha kam tarqalgan. Kiyim nafaqat tabiiy ehtiyojni ta’minlovchi bir vosita, shu bilan birga u amaliy san’at namunasi hamdir. U amaliy san’atning barcha namunalari singari go’zallik hamda ma’lum bir maqsadga yo’naltirganlik bilan ajralib turadi. Tanani turli tashqi ta’sirlardan, xususan, issiq va sovuqdan saqlashdek amaliy vazifani bajarish bilan birga, u bezak, chiroy singari estetik funksiyalarga ham ega. Shu sababli ham jamiyat taraqqiy etib borgan sari, insonlar estetik didi oshib borgan sari kiyimlarning bezagiga, asosiysi takronlanmasligiga e’tibor ortib boraveradi. Ma’lumki, dastlabki davrlarda inson tabiatning turli ta’sirlari, shuningdek, hayvon va hasharotlarning chaqishidan o’zini himoyalash maqsadida tanasiga tuproq, loy, moy surtib yurgan. Keyinchalik bu surtmalarga o’simlik bo’yoqlari qo’shilib, inson tanasini turli shakl va ranglar bilan bo’yoqlari qo’shilib, inson tanasini turli shakl va ranglar bilan bezash urf bo’lgan. Galda tanaga tatuirovkalar (teri ostiga turli bo’yoqlarni kiritish) chizish orqali himoya qobig’ining vaqtini uzaytirish odat tusiga kirgan. Har xil qushlar patlari, o’ldirilgan hayvonlar tishlari, suyaklar, sochlar turli ramziy vazifalarni bajarish bilan birga tanani himoyalagan ham. Vaqt o’tgan sari tanasining qanchalik katta qismi ma’lum bir mavhumlash maqsadida quloq, burun, lab, dahanda sun’iy mahkamlovchi usullar o’ylab topgan va ulardan bezak sifatida foydalana boshlagan. Aynan mana shu hozir biz tilga olgan tanani bo’yash, tatuirovkalar kiyimning dastlabki shakllari bo’lib, matodan qilingan kiyimlar paydo bo’lgach ham, ular e’tibordan qolmadi. Endi ular libosning ma’lum bir elementi sifatida namoyon bo’lib, unga ko’rk va estetik qiymat berish vazifasini bajargan. Oradan vaqt o’tib, insoniyat ip yigirish va undan mato to’qishni o’ylab topgan, tanaga tushirilgan tatuirovkalar matolarga ko’chib, undagi bezak vazifasini o’tay boshlagan. Tarixiy liboslarda bezak nafaqat o’z egasining ijtimoiy kelib chiqishi, ya’ni tabaqasini anglatgan, shuningdek, majoziy ma’no kasb etish bilan birga, kishilarning estetik didini ham ifodalagan. U vaqt o‘tgan sari takomillashib, ularning turlari ko‘payib, shakllari murakkablashib bordi. Xususan, ularning yechib kiyiladigan, tanaga mahkamlanadigan (bilakuzuklar, uzuklar, ziraklar, matoga mahkamlangan yoxud tushurilgan (kashtalar, bosma rasmlar, bo’rtma bezakli) turlari paydo bo‘ldi. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida kiyimlarning asosiy turlari Qadimgi Misr libosi Qadimgi Yunon libosi Qadimiy Rim libosi Qadimiy Rus libosi Vizantiya libosi O’rta asrlarda g’arbiy Yevropa libosi Uyg’onish – renessans davri libosi Italiya libosi Ispan libosi G’arbiy Yevropa libosi. XV-XVI asrlar XVII asr libosi Fransiya libosi XVIII asr Yevropa libosi XIX asr libosi 1800-1825-yillar libosi. Ampir uslubi 1830-1860-yillar libosi. Modaning keskin o’zgarishi 1870-1890-yillar libosi XX asr 10-20-yillarda modaning rivojlanishi XX asr 20-30-yillarda jahon modasining rivojlanishi XX asr 30-40-yillarida moda XX asr 50-60-yillaridagi jahon modasi XX asr 70-yillari modasi XX asr 80-yillari modasi XX asr 90-yillari modasi va XXI asr boshida jahon modasining konseptual yo’nalishlari Fors libosi Arab libosi Hind libosi Xitoy libosi Yapon libosi Qozoq libosi Qirg’iz libosi Tojik libosi Turkman libosi Toshkent-Farg’ona libosi Buxoro-Samarqand libosi Qashqadaryo-Surxondaryo libosi Xorazm libosi Marosim kiyimlari

  • Bilimingizni test orqali sinang
    Telegram kanalimizga a’zo bo’ling
  • Xalilulla
  • Xaliliddin
  • Xalila
  • Xalil
  • Xalvo

Qiziqarli malumotlar
Ustki kiyim bilan obraz yaratishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 8 ta xato