Ustiga tuz ortilgan eshak to’liq malumot oling

Ustiga tuz ortilgan eshak to’liq malumot oling

Ustiga tuz ortilgan eshak daryo kechuvidan о’tayotib toyib ketdi -suvga yiqildi: tuz suvda erib ketib, yuk ancha yengillashdi, eshak benihoya sevindi. Keyingi gal о’sha joydan о’tayotib, eshak: «Suvga yiqilsam yukim yengillaydi, keyin turib ketaveraman», deb o’yladi-da, atayin yiqildi. Ittifoqo, bu gal eshakka yuvg’ich ortilgan edi: yuvg’ich suvni shimib olib, yuki og’irlashib ketgan eshak eplanolmay qoldi-yu, suvga cho’kib ketdi.
Alqissa, ayrimlar ishlatgan hiyla-nayrang ularning o’z boshiga yetarkan.
«Og’irning ostidan, yengilning ustidan o’tma», deydi dono xalqimiz. Har qanday qiyinchilikni bardosh bilan yengib o’tishga harakat qilgan odam, albatta, maqsadiga yetadi. Kurashlar bilan amalga oshgan ish qadrli va mustahkam bo’ladi. Ayrim ishyoqmas, havoyi kishilar maqsadlariga tez va oson yetishish uchun turli nayranglar o’ylab topadilar-u, ammo kutilmaganda pand yeb qoladilar. Yengil yo’l bilan qo’lga kirgan narsa barakali ham bo’lmaydi. Hatto masaldagi
voqeaga o’xshab, nojoiz makkorlik o’sha odamni halokatga olib kelishi mumkin. «Behuda chiranish belni chiqaradi» degan hikmat ham shunday holatlarni nazarda tutib aytilgan. Bu fikrning yanada yaqqolroq misoli quyidagi masalda tasvirlab berilgan.

Ezop masallari, Masallar

Ertaklar
Ustiga tuz ortilgan eshak