Usmonxon Alimov haqida

Usmonxon Alimov haqida
usmonxon alimov haqida 65cb28196a34d

03

Usmonxon Alimov haqida

Mundarija скрыть
Usmonxon Alimov haqida
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Nima uchun mashhur?
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy. 2012 yili Diniy idora tarixida ilk bor Islom olami uyushmasi ta’sis majlisining a’zosi hamda Butun dunyo ulamolar kengashi a’zosi etib saylangan. 2019 yil “Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni” ro‘yxatidan munosib o‘rin egallagan. 10 yildan buyon ushbu ro‘yxatdan mustahkam joy olib kelmoqda.
Qanday mashhur bo‘lgan?
01 5
1950 yili 1 yanvar kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabni bitirgach, 1982-1983 yillar Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida, 1983-1987 yillar Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida, 1989-1990 yillar Marokashning “Karaviyn” dorilfununida tahsil olgan. 1987-2000 yillarda Samarqand viloyati, Poyariq tumanidagi Imom al-Buxoriy masjidida imom, 2000-2006 yillarda Samarqand viloyati bosh imom-xatibi. 2006 yil 8 avgustdan O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi lavozimida ishlab kelmoqda. 2020 yil 6 yanvarda 70 yoshni qarshi olishi munosabati bilan “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan. Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyati musulmonlari idorasi “Kumush yarim oy” medali, Qirg‘iziston musulmonlari idorasining 1-darajali “Ittifoq” medali bilan taqdirlangan. 2019 yil mayida — muborak ramazon oyida Muftiy hazratlarini AQShga safari davomida “Buyuk muftiy” deya e’zozlashgan. Yigirmadan ortiq kitob va yuzdan ziyod ilmiy-ommabop maqolalar muallifi. “Tafsiri Irfon”, “Imom Buxoriy — muhaddislar sultoni”, “Imom Buxoriy barakoti”, “IX-X asrlarda Samarqandda kalom ilmining rivojlanishi”, “Hazrati Imom”, “Rasulullohning muborak vasiyatlari”, “Rasululloh mo‘’jizalari”, “Oilada farzand tarbiyasi”, “So‘ragan edingiz” kabi asarlari chop etilgan.
Mashhur nima deydi?
02 1

“Ergashuvchi emas, ergashtiruvchi kuch bo‘lishimiz kerak!”

“Oqibatda, behayolik atalmish tanazzul belgisi epidemiya kabi jadal tarqalmoqda. Sirtdan qaraganda, zararsiz, zamona zaylidek ko‘ringan bu illat aslida, barchamiz uchun ulkan musibatdir”.

“Muborak dinimiz jamiyat asosining poydevori va istiqboli bo‘lgan yoshlarning har tomonlama komil inson bo‘lib yetishlarini talab qiladi”.

new.fikrat.uz

Usmonxon Alimov haqida