USMONXOʻJAYEV Halim Haydarovich
USMONXOʻJAYEV Halim Haydarovich (1919.20.11 Toshkent 1993.9.4) mexanika sohasidagi olim, Oʻzbekiston FA akad. (1984). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Toshkent toʻqimachilik in-tini tugatgan (1950). Shu intda i. t. sektori boshligʻi (1950—52), assistent (1951 — 52), oʻqituvchi (1954—57), dekan (1958-61), Oʻzbekiston FA Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi in-tida oʻzi tashkil qilgan mexanizm va mashinalar nazariyasi lab. mudiri (1961-y. dan). Ilmiy ishlari, asosan, mashina agregatining dinamikasi, paxta terish va tozalash mashinalari, toʻqimachilik mashinalari nazariyasiga doyr. Usmonxoʻjayev rahbarligida paxta terish mashinalarining ish unumini oshiruvchi va paxtaning toʻkilishini kamaytiruvchi tarkibiy shpindel yaratilgan va i. ch. ga joriy qilingan. Usmonxoʻjayev shpindel tishlari trayektoriyasiga qarab tezlik rejimini aniklashga imkon beruvchi «Universal epigipotsiklograf» asbobni yaratgan, paxta terish mashinasi unumdorligini oldindan aniqlash formulasini ishlab chiqqan. Usmonxoʻjayev gazlama toʻqish avtomat stanogi mokisi naychalarini almashtirishdagi energiyani aniklash asbobi va b. ixtirolar muallifi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (1989).
Ensiklopediya.uz
USMONXOʻJAYEV Halim Haydarovich