USMONQORI

USMONQORI

USMONQORI (Rayimbekov, 1886 — Margʻilon — 1968) — xalq qiziqchisi. Qiziqchilikni Saʼdi Maxsumlyan oʻrgangan. 20 yoshida rus sirkiga ishga kirib, Yusufjon qiziq bilan tanishadi va uning hamkoriga aylanadi. Pakanadan kelgan, koʻzlari suzuk, hamisha shoʻx va quvnoq Usmonqori ogʻzaki tanqidiy komediyalarda ham, qush va hayvonlar taklidini yaratishda ham mashhur boʻlgan. Sirkda oʻynaladigan masxarabozlikni ham yaxshi bilgan. Uning repertuarida yuzga yaqin turli qiziqchiliklar boʻlgan. U qad. ogʻzaki qiziqchiliklarni tiklash, zamonga moye qayta ishlash ishiga katta hissa qoʻshdi. Moskvada oʻtkazilgan oʻzbek sanʼati birinchi dekadasida Usmonqori «Sayl» va «Kolxoz toʻyi» inssenirovkalarida oʻn qiziqning biri boʻlib, «Zarkokil» komediyasida, «Kichkinajon» kulkioʻyinida, «Soqiyo» nomli yallali kulkioʻyinda, askiya payrovlarida faol ishtirok etdi. U xalq ijodkorlarining viloyat va respublika koʻriklari, 1940-y. Toshkentda oʻtkazilgan xalq qiziqchilari musobaqasining faol ishtirokchisi. «Ketmon tilash» (er rolida), «Kelin tushirdi» (Kuyov), «Bola oʻqitish» (Talaba), «Pul qistash» (Usta) kabi yirik komediyalardagi ijrosi bilan shuhrat qozongan.

Ensiklopediya.uz
USMONQORI