USENET-2016-Internet Konfrentsiyasi
Marketing va reklama haftaligida USENET internet konferentsiyasi bo’lib o’tadi. U yana bir marta marketing, reklama, va AT sohasidagi mutaxassislarni bir joyda jamlaydi.
Konfrentsiya o’tkazish sanasi — 20-aprel. U International Hotel Tashkent (sobiq Intercontinental) mehmonxonasida bo’lib o’tadi.
Konfrentsiyaning asosiy mavzulari:
- internetda biznesni olib borish
- internetda video reklamalar, messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar va SMM
- reklama bozori monitoringi va o’lchovi
- elektron savdo
- internet OAV
- muvaffaqiyatli startaplar
9 dan ortiq davlatlardan ma’ruzachilar qatnashishi kutilmoqda.
Tashkilotchi — Ledokol Group, bosh axborot hamkori — Mail.ru Group, strategik hamkor — Kompyuter vа аxborot texnologiyalаrini rivojlаntirish hаmdа joriy etish Mаrkаzi UZINFOCOM.
Manba:
Yangiliklar
USENET-2016-Internet Konfrentsiyasi