URUGʻLIK

URUGʻLIK

URUGʻLIK — ekish uchun foydalaniladigan urugʻ, meva, toʻpmeva va murakkab meva qismlari. Baʼzan vegetativ yoʻl bilan koʻpaytiriladigan oʻsimlik qismlari: tuganak, piyozcha va b. ham Urugʻlikga kiradi. Urugʻlik navdorlik va urugʻlik sifatlari boʻyicha davlat standarti talablariga javob beradigan boʻlishi kerak. Urugʻlik sifati (unuvchanligi, tozaligi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi), lab. taxlili, navdorlik sifati uchun dala aprobatsiyasi asosida Davlat urugchilik inspeksiyasi tomonidan tekshiriladi. Urugʻlik urugʻchilik xoʻjaliklarida, q. x. mahsulotlari yetishtiradigan xoʻjaliklarning urugʻlikka moʻljallangan ekin dalalarida yetishtiriladi. Yangi navlar urugʻlarini koʻpaytirish uchun i. t. intlari, q. x. intlarining oʻquv tajriba xoʻjaliklarida elita va birinchi reproduksiya urugʻlari olinadi.

Ensiklopediya.uz
URUGʻLIK