Urinoterapiya — peshob bilan davolash haqida malumot
Ayrim manbalarda keltirilishicha, urinoterapiya, ya’ni peshob bilan davolash Hindistondan kirib kelgan. Peshobni kuchli davolash xususiyatiga ega, deb hisoblovchilar uning yordamida qariyb barcha kasalliklarni — shamollashdan tortib, saratongacha davolash mumkinligiga qattiq ishonishadi. Teranroq fikrlaydigan kishilar esa u shunchalik foydali bo‘lsa, nima uchun organizm peshobdan tezroq qutulishga harakat qiladi, degan savolni o‘rtaga tashlaydi. Ko‘rinib turibdiki, peshobni obi hayot deydiganlar va undan butkul jirkanadiganlarning ham o‘zi ishongan argumentlari bor. Zamonaviy tibbiyot esa urinoterapiyani qariyb qoralaydi.
Rossiyalik mashhur teleboshlovchi Malaxov dasturlarini tomosha qiluvchilar bo‘lsa, peshobning tibbiy xususiyatlariga chippa-chin ishonsa kerak. Rostdan ham, uning “qudrati”ga ishongan ko‘plab odamlar topiladi, tan olishim kerak, bolalikda biz ham undan “shifo” ko‘rganmiz. Qanday qilib, deysizmi, dalada mol boqib yurgan vaqtlarimiz biror joyimiz kesilib ketsa, jarohat joyini u bilan yuvib, ustidan qalin qilib toza tuproq sepib qo‘yardik.
Uning bu kabi davolash xususiyatining siri bugunga kelib yechilgan. Gap shundaki, uning tarkibida ko‘p miqdorda kortikosteroid gormonlar mavjud bo‘lib, ular buyrak usti bezlari po‘stlog‘ida ishlab chiqariladi. Bunday gormonlar ko‘plab jiddiy kasalliklarda yallig‘lanishlarga qarshi vosita sifatida qo‘llaniladi. Deylik, shifokor sizga prednizolon preparatini buyurgan bo‘lsa, bilingki, uning tarkibida 1 va 5 mg kortikosteroid gormonlaridan bo‘ladi. Uning kunlik meyori esa 4-20 mgni tashkil etadi.
Peshob bilan esa sutkasida 20dan 40 mggacha gormonlar ajralib chiqadi. Ko‘rinib turibdiki, kimdir peshob bilan davolanish istagida bo‘lsa, organizmiga meyoridan ikki barobar ortiq kortikosteroid gormonlarini qabul qiladi. Ya’ni, urinoterapiya talablariga ko‘ra, kunlik peshob to‘liq ichkariga qaytishi kerak (daxshat). Yuqorida aytilganidek, kortikosteroid gormonlari buyrak usti bezlarida ishlab chiqariladi. Agarda organizmga ortiqcha gormonlar qabul qilinsa, buyrak usti bezlari ularni ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Bu esa birinchidan, gormonal muvozanatni buzsa, ikkinchidan, buyrak usti bezlari faoliyatida ham muammolarni keltirib chiqara boshlaydi. Kortikosteroidlar qandli diabet, qon bosimining ortishi (gipertoniya), osteoporoz, nefrit (buyrak yallig‘lanishi), homiladorlik, gerpes (uchuq), terining zamburug‘li kasalliklari, yurak faoliyatining dekompensatsiyasi (buzilishi) va psixologik kasalliklarda tavsiya qilinmaydi. Bolalarda esa kortikosteroid gormonlarining uzoq vaqt qabul qilinishi rivojlanishdan to‘xtash, bo‘y o‘smay qolishini keltirib chiqaradi.
Tibbiyotda urinoterapiya klimaks davrining erta boshlanishi, semizlik, oshqozon-ichak xastaliklariga sabab bo‘lishi aniqlangan. Urinoterapiya natijasida surunkali qayt qilish, diareya, oshqozon va ichaklar qo‘zg‘alishlari ham kelib chiqishi isbotlangan. Ayrim hollarda urinoterapiya qabul qilgan kishilar dizenteriya, ichterlama, hattoki vabo alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ularda hech qanday virus aniqlanmagan va kasallik belgilari peshob ichishni to‘xtatishi bilan yo‘qolgan.
Unutmaslik lozimki, peshob faqatgina yallig‘lanishlar darajasini kamaytiradi, lekin kasallikni butunlay davolamaydi. Shuning uchun ham peshobning “foydasi”ni sezsangiz, bu sizning butkul tuzalib ketganingizni anglatmaydi. Yallig‘lanish yana qachondir qaytalanadi va yana peshob ichishingizga to‘g‘ri keladi.
Peshobni tashqi tomondan qo‘llash ham tibbiyotda tavsiya qilinmaydi. Undagi gonokokklar teri va shilliq qavatlar(masalan, ko‘z)ning yiringlashiga sabab bo‘lishi mumkin. Favqulodda holatlarda yashab qolish bo‘yicha ko‘plab qo‘llanmalar, jumladan, AQSH armiyasining dala qo‘mondonligi ko‘rsatmalarida peshobdan ichimlik suvi sifatida foydalanish qat’iy tavsiya qilinmaydi.
Endi uning kimyoviy tarkibiga e’tibor qaratsak. Peshobning tarkibi turli omillarga bog‘liq. Masalan, inson yoshi, turmush tarzi, faoliyat turi, jinsi, tana vazni va hokazo. Uning 97 foizi suvdan iborat. Qolgani esa mochevina (karbomad — peshob tarkibida uchraydigan kristall modda), siydik kislotasi, gippur kislotasi (N-benzoilglitsin), kreatinin, ksantin, urobilin, indikan, aminokislotalar, oqsil, glyukoza, atseton, kationlar (K+, Na+, Ca2+, Mg2+, NH4+), anionlar (Cl−, SO42−, NRO42−), ammoniy ionlari, shuningdek, xlorid, sulfat, fosfat va boshqa og‘ir metallarning tuzlari, ammiak va hokazolardan iborat. Peshobda kasallik qo‘zg‘atuvchi xlamidiya va gonokokk viruslari ham uchraydi.
Bu gaplarga ishonmaydigan kishilar uchun esa ayrim tavsiyalarni berib o‘tish joiz. Urinoterapiyani boshlashdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing. Bu bilan o‘z-o‘zini zaharlar (atravleniya), qonning zaharlanishi, ichki a’zolarning shikastlanishi, oshqozonning o‘tkir yallig‘lanishi, kolit va enterokolit, homiladorlik davrida homilaning nobud bo‘lishi kabi kasalliklarga oldindan ruhiy tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lasiz. Shifokor esa bu paytda nimalar qilishingiz lozimligini eslatib qo‘yadi. Shuningdek, iste’mol qilinidagin peshobni «oqim»ning o‘rta qismidan oling. Chunki dastlabkisi chiqish yo‘llaridagi zaharli moddalarni yuvadi.
Ma’lumot uchun: sutka davomida 1500 litr miqdoridagi qon tomirlar bo‘ylab aylanib, hujayralardagi ortiqcha moddalarni ortga olib qaytadi. Natijada 180 litr miqdorida birlamchi peshob hosil bo‘ladi. U o‘z tarkibi bilan qon plazmasini eslatadi. Buyrak kanalchalari bo‘ylab harakatlangan peshobdan organizm uchun zarur bo‘lgan moddalar va suv o‘zlashtirilib, yana qonga qaytadi. Suvda erigan zaharli va keraksiz moddalar esa tashqariga chiqarib yuboriladi. Ulardan mochevina, kreatinin, siydik kislotasi, ammiak inson organizmi uchun juda xavfli.
Sanjar Said.
Bloger. Sanjarsaid.uz
Prostata uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Vitaprostdir.
Vitaprost® prostata beziga organotrop ta’sirga ega. Prostata bezini shishi, leykositar infil’tratsiyani kamaytiradi, epitelial xujayralarining sekretor faolligini normallashtiradi, asinuslar shirasidagi lesitin zarrachalari sonini oshiradi, qovuqning mushak tonusini rag‘batlantiradi. Tromblar hosil bo‘lishini kamaytirishi, antiagregant faolligi hisobiga prostata bezida mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi, prostata bezida venulalar trombozini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Rektal suppozitoriylar 10 mg. 5 suppozitoriy polivinilxlorid plyonka yoki polietilen bilan laminirlangan polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramda. Bir yoki ikki kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/uz/product/vitaprost
Prostata uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Vitaprostdir.
Vitaprost® prostata beziga organotrop ta’sirga ega. Prostata bezini shishi, leykositar infil’tratsiyani kamaytiradi, epitelial xujayralarining sekretor faolligini normallashtiradi, asinuslar shirasidagi lesitin zarrachalari sonini oshiradi, qovuqning mushak tonusini rag‘batlantiradi. Tromblar hosil bo‘lishini kamaytirishi, antiagregant faolligi hisobiga prostata bezida mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi, prostata bezida venulalar trombozini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Rektal suppozitoriylar 10 mg. 5 suppozitoriy polivinilxlorid plyonka yoki polietilen bilan laminirlangan polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramda. Bir yoki ikki kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/uz/product/vitaprost
Kasalliklar
Urinoterapiya — peshob bilan davolash