URGANCH TUMANI
URGANCH TUMANI — Xorazm viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. 1962-y. 24 dek. da Shovot tumaniga qoʻshilgan, 1964-y. 31 dek. da qayta tashkil etilgan. Sharkdan Xonqa, gʻarbdan Qoʻshkoʻpir, Shovot va Yangibozor tumanlari, shim. dan Gurlan tumani va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, jan. dan Xiva, Yantiariq tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,46 ming km2. Aholisi 141,1 ming kishi (2004). Tumanda 1 shaharcha (Chalish), 10 qishloq fuqarolar yigʻini (Bekobod, Chakkasholikor, Chandirqiyot, Chatkoʻpir, Yuqoribogʻ, Yuqoridoʻrman, Qoramon, Qorovul, Gʻalaba, Gʻoybu) bor. Tuman markazi — Qorovul qishlogʻi.
Ensiklopediya.uz
URGANCH TUMANI