URGANCH MUDOFAASI

URGANCH MUDOFAASI

URGANCH MUDOFAASI (1221) — moʻgʻullar istilosi davrida shaharning qahramonona mudofaa qilinishi. Chingizxon xorazmshoxdar saltanati poytaxti Urganch (Gurganj)ni osongina, ortiqcha kuch ishlatmay olish ilinjida Muhammad Xorazmshohning onasi Turkon xotun huzuriga hojib Donishmandni elchi qilib yuboradi va shaharni jangsiz topshirsa unga Xorazm, Xuroson va Jayhunning narigi tarafi va ularga tutash joylarni berishga vaʼda qiladi. Ammo Turkon xotun oʻgʻli Muhammad Xorazmshohning qochganidan xabardor boʻlgach, oʻgʻlining xotinlari va bolalarini, uning xazinasi va qimmatbaho ashyolarini olib, shaharni tashlab ketgan. Hokimsiz qolgan Urganch axli sarosimada qolgan. Shaharda hokimiyatni Ali Kuhiy Darugʻon ismli bir firibgar oʻz qoʻliga olgan, natijada, tartibsizliklar yanada kuchaygan, oʻzaro janjal va bosqinchiliklar boshlangan, fuqaro va devon mollari talontoroj qilingan.

Ensiklopediya.uz
URGANCH MUDOFAASI