Urfdagi oyoq kiyimlar

Urfdagi oyoq kiyimlar

Lofer tuflisi bir qarashda zerikarli ko‘ringan klassik poyabzaldan zamonaviy obrazlar yaratish mumkin ekanligini isbot etadi. Ushbu poyabzal o‘tgan asrning 70 yillarida urfga kirgan bo‘lib, Monako knyaginyasi Greys Kellining eng sevimli oyoq kiyimlaridan biri sanalgan. Uning ommabopligi esa bugungi kunga qadar yo‘qolgani yo‘q.

Hech qachon urfdan qolmaydigan 11 universal libos

Moda – yildan yilga emas, kundan kunga o‘zgarib boradigan tushuncha. Kechagina podiumlarni egallab olgan, do‘konlarning old qatorida turgan liboslar bugun keraksiz buyumlar qatorida chetga uloqtirilsa hayron bo‘lmang. Ammo liboslar orasida shunday universal buyumlar ham borki, ularni hech qachon urfdan qolmaydigan kiyimlar sifatida tilga olsa arziydi.

O‘n yillar avvalgi moda tendensiyalarini o‘rganish chog‘ida har bir ayolva qiz garderobida mavjud bo‘lishi tavsiya etiladigan, aktual trendlardan holi ravishda hamisha urfda bo‘ladigan liboslar qaysilar ekanligini aniq bilishingiz mumkin.

To‘g‘ri bichimli jinsi

Jinsi shimlarining ham urfdan qolishi mumkin ekanligini bilasiz. Kechagina etak qismi keng shimlar urfga kirgan bo‘lsa, bugun tor bichimdagi shimlar trend darajasiga ko‘tarilgan. Ammo odatiy ko‘rinishga ega va to‘g‘ri bichimli jinsilar heya qachon o‘zining universalligini yo‘qotmaydi. Uning to‘q ko‘k rangli turidan tanlasangiz, nur ustiga a’lo nur.

Nima bilan kiyiladi?

Klassik bichimga ega bo‘lgan jinsini garderobdagi eng ajoyib liboslardan biri deya ta’riflash mumkin. Uni istalgan turdagi kiyimlar bilan birga uyg‘unlashtirish imkoni mavjud. Ushbu libosni kerak bo‘lgan vaqtda klassik uslub, o‘rni kelganda esa romantik ko‘rinish uchun ham qo‘llasa bo‘ladi.

Uzunlashtirilgan jaket

Ayollar garderobida Koko Shanel sharofati bilan paydo bo‘lgan jaketlar shu kunga qadar ko‘plab o‘zgarishlarni boshdan kechirgan. Ularning turlari haddan tashqari ko‘p, tugmali, tugmasiz, uzunligi belgacha bo‘lgan, ikki yoqali turlarini bugungi kunga qadar ommabop deya atasa bo‘ladi. Uzunlashtirilgan bichimdagi jaketlarning klassik varianti hech qachon urfdan qolmaydigan liboslar qatoriga kiradi. Ranglar borasida esa qora, oq va to‘q ko‘k ranglisiga diqqat qaratganingiz ma’qul.

Nima bilan kiyiladi?

Plisse yubkalari, qalamcha uslubidagi yubka, klassik jinsilar, bluzkalarning barchasi jaket bilan o‘zaro uyg‘unlasha oladi. Eng muhimi, ranglar mutanosibligiga e’tibor qaratish kerak.

Klassik uslubdagi shim

Aslida erkaklar garderobining bir qismi bo‘lgan ushbu libosni Koko Shanel ayollar garderobiga kiritgan. Uni ommalashtirgan inson esa taniqli aktrisa Marlen Ditrix hisoblanadi. Klassik bichimdagi shimlar har qanday qomat egasiga mos kelishi uchun uning bel qismi biroz kengroq, sifatli matodan tikilgan va qora rangdagi turlariga diqqat qarating.

Nima bilan kiyiladi?

Uni ofis uslubidagi liboslardan tashqari, klassik bluza va qayiqcha uslubidagi tufli bilan kiygan holatda casual uslubidagi obrazni yaratish mumkin. Odatiy futbolka bilan kiygan vaqtingizda esa kundalik obraz hosil bo‘ladi.

To‘qilgan sviter

Ayollar garderobiga irland dengizchilari sharofati bilan kirib kelgan ushbu sviterlar bugungi kunga kelib ayollar hayotining ajralmas qismiga aylangan. Ular odatda oq, och jigarrang, yashil, kulrang, jigarrang tusda bo‘lishi mumkin. Oq va och jigarrang tuslari esa universal tanlov hisoblanadi.

Nima bilan kiyiladi?

Bu turdagi sviterlarni uzun plisse yubkalari, istalgan bichimdagi jinsi, shortlar, klassik shim va skinni bilan kiyish mumkin.

Bermuda

Ushbu bichimga ega bo‘lgan shortlar Bermud orollari hududiga joylashtirilgan ingliz harbiylari uchun o‘ylab topilgan. Avvaliga ular o‘rnatma cho‘ntaklarga ega bo‘lgan, ammo keyinchalik cho‘ntaksiz ko‘rinishda yaratila boshlangan. Uning universal libosga aylanishini istasangiz, neytral rangli vauzunligi tizzadan 10 sm balandlikda bo‘lgan turlariga diqqat qarating.

Nima bilan kiyiladi?

Mavsum va mato turidan kelib chiqqan holatda ularni futbolka, bluza, jaket va bomberlar bilan kiyish mumkin. Ofis uslubidagi obraz yaratish uchun bermudani teri rangidagi kolgotka bilan kiyish tavsiya etiladi. Poyabzalning ham libosga munosib bo‘lgan turidan tanlash kerak.

Oq rangli keda

Moda olamida yangi mavsum e’lon qilinishi bilan sport brendlari oq rangdagi va turli dizaynga ega bo‘lgan krossovkalarni taqdim qilishadi. Ular orasida odatiy tagcharmga ega turlaridan tortib yashirin platformaga ega ko‘rinishdagilari ham bor. Ammo shunisi aniqki, oq kedalar hech qachon urfdan qolmaydi.

Nima bilan kiyiladi?

Oq kedalarni jozibali ko‘ylaklar bilan ham, gulli printga ega yubkalar, shim va shortlar bilan ham kiyish mumkin. Qiyofangizga klassik uslubdagi kostyum ilova qilsangiz ofis uslubini hosil qilgan bo‘lasiz.

Klassik bichimdagi palto

Palto tanlash bobida har qanday turdagi liboslar bilan uyg‘unlasha oladigan ranglar – oq, qora, to‘q ko‘k va och jigarrangga e’tibor qarating. O‘zingizga kattaroq turadigan palto sotib olmang, u qomatni chiroyli ko‘rsatishi, uzunligi tizzadan birozgina tushib turishi kerak. Tugmasiz paltolar esa sport uslubi uchun mos keladi.

Nima bilan kiyiladi?

Klassik uslubdagi paltolarni istalgan turdagi liboslar: vodolazka, sviter, bluzka, jinsi, klassik shimlar, ko‘ylaklar, etik, tufli va hattoki keda bilan uyg‘unlashtirish mumkin.

Parka

Odatda ushbu libos sayyohlar tomonidan sevib kiyiladi. Ammo, uni nafaqat safarlar, balki kundalik obrazlar uchun ham qo‘llash mumkin. Uning mo‘ynali turlari esa hashamatli qiyofalar yaratishda qo‘l keladi. Parkaning barcha liboslar bilan mos kelishini istasangiz, neytral rangdagi turlariga diqqat qarating.

Nima bilan kiyiladi?

Parka libosini nafaqat jinsi, balki ko‘ylaklar, yubka hamda tuflilar bilan ham kiyish mumkin. Etik va shim bilan kiyilsa kundalik obraz hosil qiladi.

Qora vodolazka

Qoza vodolazka o‘tgan asrning 60 yillarida urfga kirgan bo‘lib, moda olami shaydolariga shunchalar ma’qul kelib qolganki, yarim asrdan beri uning ko‘rinishi zarracha ham o‘zgargani yo‘q. Bu kabi vodolazkalar Merilin Monro va Odri Xepbern garderobida ham bo‘lgan, uni zamonaviy yulduzlar egnida ham ko‘rishingiz mumkin.

Nima bilan kiyiladi?

O‘zingiz uchun qanday uslubdagi obraz tanlagan bo‘lishingizga qaramay, qora vodolazkani har qanday libos bilan istalgan mavsumda kiysa bo‘ladi.

Erkaklar ko‘ylagi bichimdagi libos

U ayollar garderobida erkaklar libosi bichimi asosida kirib kelgan bo‘lsa ham, ushbu ko‘ylakdan o‘ta nafis obrazlar yaratish mumkin. Haqiqatan universal libos harid qilishni istasangiz, uning neytral ranglariga diqqat qarating.

Nima bilan kiyiladi?

Uni garderobning mustaqil elementi yoki boshqa liboslar bilan birgalikda kiysa bo‘ladi. Agar jinsi bilan kiyib, bel sohasiga kamar taqib olsangiz, qulay kundalik obraz tayyor deyavering. Baland poshnali tufli bilan kiyilganda esa jozibali ko‘rinish hosil qiladi.

Lofer

Lofer tuflisi bir qarashda zerikarli ko‘ringan klassik poyabzaldan zamonaviy obrazlar yaratish mumkin ekanligini isbot etadi. Ushbu poyabzal o‘tgan asrning 70 yillarida urfga kirgan bo‘lib, Monako knyaginyasi Greys Kellining eng sevimli oyoq kiyimlaridan biri sanalgan. Uning ommabopligi esa bugungi kunga qadar yo‘qolgani yo‘q.

Nima bilan kiyiladi?

Loferlarni klassik bichimdagi shim yoki yubka, jaket hamda bluzkalar bilan kiyish mumkin. Ranglar kerakli usulda tanlangan bo‘lsa, ularni jinsi bilan uyg‘unlashtirsa bo‘ladi.

2023

Музыка онлайн:
Yangi Urfdagi Oyoq Kiyimlar

Qishga oyoq kiyimlar 2021 2022

2022:02:19 01:32 56754

Soʼngi urfdagi qiwki oyoq kiyimlar

2022:02:19 01:33 31169

MODA 2022 ZAMONAVIY AYOL VA QIZLAR UCHUN YOZGI OYOQ KIYIMLAR

2022:06:19 02:55 12782

Qishga oyoq kiyimlar обувь для зимы shoes for winter

2022:02:19 01:40 105333

Qizlar va ayollar uchun yozgi oyoq kiyim narxlari Ko ramiz va bilib olamiz Modalar 2022

2022:04:19 01:41 69901

Soʻngi urfdagi zamonaviy baland kablokli tuflilar

2022:02:19 02:31 14614

QISH FASLI UCHUN ENG SO NGGI FASONDAGI OYOQ KIYIMLAR

2022:12:19 02:13 3599

Kuz mavsumi uchun eng zamonaviy oyoq kiyimlar to plami 2021

2022:02:19 02:54 34524

KUZ QISH MAVSUMIGA MOS OYOQ KIYIMLAR MODA 2023

2022:11:19 03:57 5284

2023 yilgi eng trend kiyimlar

2023:01:29 01:17 3347

Turkiya brendi Qishki oyoq kiyimlar

2022:02:19 02:49 25573

MODA 2022 ENG ZAMONAVIY SÒNGI URFDAGI AYOLLAR VA QIZLAR UCHUN OYOQ KIYIMLAR KABLUKLI TUFLILAR

2022:03:19 01:01 14995

Òz tuģulgan oyingizni tanlang VA sizga qaysi oyoq kiyim tushadi Izohlar kommentda

2022:03:19 00:25 76357

ASALXONEY OHXIRIGI VA ENG SO NGI VIDEOSI TARQALDI

2022:04:19 00:56 7313

QIZLAR UCHUN ZAMONAVIY VA ENG SO NGGI FASONDAGI KRASOFKALAR

2022:09:19 03:01 32656

Oyoq kiyimlar

2022:06:19 00:33 9503

Turkiya brendi qishki sapoklar

2022:02:19 01:40 23813

Turkiya brendi faqat qora rangli sapoklar

2022:02:19 01:28 16106

Qishga ust kiyimlar Верхняя одежда Outerwear

2022:02:19 01:56 51742

Kish mavsumi uchun kurtkalar va koftalar toplami

2021:02:19 02:23 680384

[email protected] – для правообладателей и обратной связи

Kuz mavsumi modasi: qanday kiyimlar urfga kiradi?

Kuz mavsumi boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Odatda qizlar va ayollar kiyim borasida deyarli har doim muammolarga duch keladilar. Mazkur maqola orqali 2017-2018 yillarning kuz-qish mavsumida liboslarda urf bo‘ladigan detallar haqida ma’lumot beramiz. Bu ma’lumotlar ayniqsa, modaga amal qilib yashovchilarga asqotishi aniq.

Kostyum-shim. Agar siz klassik turdagi liboslarni sevsangiz, kuz mavsumining asosiy modasi siz uchun ayni muddao bo‘ladi. Asosan keng bichimdagi kostyum va shimlar urfda. Ranglar borasida esa oq, qora, to‘q ko‘k, kulrang ommalashadi.

“Leopard” trendi. Bir ncha yillar avval ommalashgan mazkur turdagi ustki kiyimlar yana urfga kirishi kutilmoqda. Agar qomatingizga mos tushsa, yovvoyi hayvon printi tushirilgan ko‘ylaklarni ham bemalol kiyishingiz mumkin.

Charm liboslar. So‘nggi yillarda charmdan tikilgan liboslar yana urfga kirib bormoqda. Bu yil kuzda ham charmdan tayyorlangan kiyimlar ommalashishi aniq. Charmdan tikilgan kombinezon, ko‘ylaklar, shim, yubkalarni velvet kiyimlar bilan moslashtirish mumkin. Qora, kumushrang, qizil rangdagi charm ommalashadi.

Katak printli matolardan tikilgan ustki kiyimlar. Kuz mavsumida istalgan fasondagi paltolar urfda bo‘ladi. Mutaxassislar to‘laroq qomatga ega qizlarga katak printli kiyimlar kiymaslikni tavsiya etishadi. Bunday kiyim qomatni yanada kattalashtirishi mumkin.

Mo‘ynali kiyimlar. Oddiy mato bilan mo‘ynaning mos ravishda tikilishi libosga o‘zgacha ko‘rinish beradi. Ayniqsa, setka bilan mo‘ynaning birikmasi jahon moda olamida ancha ommalashishga ulgurgan.

Bejirim kashta. Bu yil yoz mavsumida kashta sifatida to‘qilgan gul hoshiyalar tushirilgan koftalar, ko‘ylaklar ancha ommalashdi. Kuz mavsumida ham bu trend davom etadi. Shimlardagi kashtalar ham kuzga yorqinlik bahsh etishi aniq.

Kaltalashtirilgan shimlar yoki kyulotlar. Shuningdek, lampaslar ham kuz mavsumida urfga kirishi kutilmoqda. Lampas shimlarning yon tarafidagi chiziqlar bo‘lib, bugungi kunda ular alohida boshqa matodan ham tikilishi mumkin.

Vodolazkalar. Har kun uchun mo‘ljallangan universal bu kiyimlar shim, nimcha, pidjak, kardigan bilan moslashtirish mumkin.

Baland etiklar. Oyoq kiyimlar ham ustki kiyimlar singari har mavsumda o‘zgaradi. Baland etiklar bilan har kungi obrazni ham yoki bayramona obrazni ham yaratish mumkin.

Kumushrang. Kuz mavsumida aynan shu rangdagi istalgan balandlikdagi va poshnali, poshnasiz etiklar, liboslar urfga kiradi.

Uzun qo‘lqoplar. Sovuq tushishi bilan aynan mazkur aksessuar ommalashishi aniq. Ular charm, trikotaj, baxmal, jun kabi matolardan tayyorlanishi mumkin.

Qiziqarli malumotlar
Urfdagi oyoq kiyimlar