URDU ADABIYOTI
URDU ADABIYOTI — Hindiston va Pokistonda urdu tilida yaratilgan adabiyot. 18-a. ning oxirigacha Urdu adabiyoti va tili «hindaviy», «dakhiniy» deb yuritilgan. Urdu adabiyotining paydo boʻlishiga islom falsafasi, hind va fors adabiyotining taʼsiri katta. M. S. Salmon (1046 — 1121) sheʼrlari, X. J. Sumnoniyning «Tasavvuf odobi» (12-a.) asari Urdu adabiyotining ilk namunalaridir. Urdu adabiyoti fors adabiyoti taʼsirida qasida, marsiya, gʻazal, ruboiy, masnaviy kabi janrlar bilan boyidi. Xusrav Dehlaviy U. a. poetik anʼanalarini yuqori pogʻonaga koʻtardi.
Ensiklopediya.uz
URDU ADABIYOTI