URAL TILLARI

URAL TILLARI

URAL TILLARI — finn-ugor tillari va samodiy tillari oilalarini oʻz ichiga olgan yirik til birlashmasi; mazkur til oilalarini baʼzi olimlar til guruhlari deb xisoblaydilar; ularning qarindoshligi esa fin olimi E. Setalya tomonidan isbotlangan. Ural tillari ancha katta hududda: shim. da — Norvegiya shim. dan Taymir yarim oroligacha, jan. da — Serbiya, Vengriya va Mordoviya respublikalarida tarqalgan. Sibir, quyi Volga va Kavkazdagi ayrim manzillarda ham finugor xalqlari yashaydi. Toponimika va gidronimika maʼlumotlari baʼzi finugor va samodiy xalklarining (karellar, saamlar, komilar, vepslar, mariylar, mordvalar, mansilar va b.) oʻtmishda yanada kengroq hududda tarqalganligidan darak beradi. Ayrim Ural tillari, mas, meryan, murom, mishchar, shuningdek, Sayan togʻliklaridagi kichikkichik qabilalarning tillari (soyot, mator, koybal va b.) allaqachon yoʻq boʻlib ketgan, kamasin tili ham yaqindagina yoʻqolgan.

Ensiklopediya.uz
URAL TILLARI