UOTSONKRIK MODELI

UOTSONKRIK MODELI

UOTSONKRIK MODELIqoʻsh spiral dezoksiribonuklein kislotaning tuzilish modeli (gipoteza). U. K. m. ga koʻra, DNK molekulasi oʻzaro antiparallel yoʻnalgan 2 polinukleotid zanjirdan tashkil topgan. Zanjirlar toʻgʻri, oʻng tomonga buralgan kush spiraldan iborat. Kush spiral qaramaqarshi joylashgan azot asoslari oʻrtasidagi vodorod bogʻlarning oʻzaro taʼsiri tufayli mustaxkam ushlanib turadi. Uotsonkrik Modelini 1953-y. da Amerika va ingliz olimlari, molekulyar biolog J. Uotson va fizik F. Krik taklif etgan. Modelning yaratilishida M. Uilkins va R. Franklin olgan DNK ning yuqori sifatli rentgenogrammasi (1950—52), L. Polingning har xil spiral strukturalar rentgenogrammasi koʻrinishini oldindan aytib berishga imkon beruvchi nazariyasi (1951), A. Todd va uning xodimlari tomonidan DNK molekulasidagi nukleotidlar oʻrtasidagi kimyoviy bogʻlar tabiatining aniklanishi (1952), E. Chargaffning DNK molekulasidagi azot asoslarining oʻzaro nisbatini aniqlashi (1947—50) muhim ahamiyatga ega boʻldi. Uotsonkrik Modeli DNKning matritsali yarimkonservativ reduplikatsiyasi mexanizmini, genetik informatsiyaning transkripsiyasi (q. Transkripsiya) va kodlashning umumiy prinsiplarini, mutatsion jarayonning ayrim molekulyar mexanizmlarini bashorat kdlish uchun asos boʻldi.

Ensiklopediya.uz
UOTSONKRIK MODELI