Umurtqa va homiladorlik haqida malumotlar
Homiladorlik paytida kelajakdagi ona bir qator mutaxassislarning dispanser ko’rigidan o’tishi kerak: oftalmolog, terapevt, stomatolog, jarroh, kardiolog, LOR shifokori. Ushbu shifokorlarning barchasi homilador ayolni tekshiradi, homiladorlik jarayoniga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan patologiyalarni aniqlaydi va kelajakdagi onaga uning holatini normallashtirish bo’yicha tavsiyalar beradi.
Osteopat homilador ayol uchun tavsiya etilgan ushbu majburiy shifokorlar ro’yxatiga kiritilmagan – ammo aslida u xam juda kerakli mutaxassis! Axir, har bir homilador ayol ushbu shifokorga murojaat qilish uchun bir nechta muhim sabablari bor, chunki osteopat paydo bo’lgan muammolarni tabiiy ravishda dori vositalarini ishlatmasdan xal qilishga yordam beradi va shu tufayli homiladorlikni qiyin davr emas balki yoqimli davrga aylantiradi.
Mavzu davomida
Gipertonus
Bachadon mushaklarining zo’riqishi turli sabablarga ko’ra yuzaga kelishi mumkin. Bunga sabab bachadon rivojlanishining patologiyasi, ba’zi kasalliklar va boshqalar bo’lishi mumkin. Gipertonus homilaning rivojlanishi uchun xavfli bo’lishi mumkin: birinchi trimestrda bu embrionni bachadon devoriga normal o’rnatilishiga to’sqinlik qiladi, ikkinchi va uchinchi trimestrda esa platsenta ko’chishiga va erta tug’ilishga olib kelishi mumkin. Osteopat muammoli sohalar ustida muloyimlik bilan ishlaydi, bachadon atrofidagi to’qimalarning kuchlanish alomatlarini yo’q qiladi, qisilgan to’qimalarni bo’shashtiradi. Bularning barchasi kelajakdagi onaning holatini yengillashtiradi va kelajakdagi chaqaloqqa foydali ta’sir ko’rsatadi.
Umurtqa pog’onasi va dumg’azadagi og’riqlar
Homiladorlikning birinchi trimestridanoq o’sayotgan qorin noqulaylik tug’dirishi mumkin. 15-16 xaftadan boshlab esa, tez o’sib borayotgan bachadon ta’siri ostida kelajakdagi onaning holati juda o’zgaradi. Bachadon barcha tortishishlarning sababi bo’ladi, chunki u kattalashib, to’qimalarni va organlarni pastga tortadi. Umurtqa pog’onasiga juda katta yuk tushadi – axir, u organlar, to’qimalar, bo’g’imlarni ushlab turish uchun mo’ljallangan. Homiladorlik paytida og’riq bo’yin va ko’krak mintaqasida, dumg’azada, pastki orqa qismida paydo bo’lishi mumkin.
O’sib borayotgan bachadon tufayli tortishish markazi o’zgaradi, bu umurtqaning holatinig kuchli o’zgarishiga olib keladi, chunki umurtqa barqarorroq pozitsiyani «izlaydi». Natijada bel og’rig’I kelib chiqadi. Uchinchi trimestrda umurtqa pog’onasini barqarorlashtirish, bel og’rig’ining oldini olish muhimdir. Axir onaning boshidan kechirgan stress bolaga xam ta’sir ko’rsatadi. Bunga yo’l qo’ymaslik kerak! Noyob metodlardan foydalangan holda, osteopatiya noxush alomatlardan xalos bo’lishga, orqa tarafdagi tortishishlarni yumshatishga, homiladorlik jarayonini ona va bola uchun yanada qulay qilishga, kelajakdagi onaning skeleti va bo’g’imlarini yaqinlashib kelayotgan tug’riqqa tayyorlashga yordam beradi.
Shishlar
Homiladorlik paytida muntazam limfatik drenaj taqiqlangan. Ammo osteopatik limfatik drenaj usullari klassik limfatik drenaj massajidan tubdan farq qiladi. Ular birinchi navbatda tanadagi suyuqlik metabolizmini qayta taqsimlashga, limfa va qon oqimini normallashtirishga va natijada ortiqcha suyuqlikni eng yengil usulda olib tashlash orqali shishdan xalos bo’lishga qaratilgan. Diafragma bilan ishlash tufayli tajribali osteopat qorin bo’shlig’idagi bosimni normallashtiradi, tos suyagidagi tiqilishni ketkazadi, ichki va jinsiy a’zolar faoliyatini normallashtiradi – shu bilan kelajakda shish paydo bo’lish xavfini kamaytiradi.
Homilaning noto’g’ri joylashishi
Tug’ruqqa yaqinroq – odatda 32-34 xaftalarda – bola instinktiv ravishda to’g’ri pozitsiyani egallashi kerak, bunda bolani boshi pastga bo’ladi. Ammo ba’zida chaqaloq to’g’ri pozitsiyani egallashga ulgura olmay qoladi yoki o’girila olmay qoladi va bolaning boshi onaning diafragmasi tarafda bo’lib qolishi, yoki bola diagonal yoki ko’ndalang holatda joylashishi mumkin. Shifokorlar chaqaloqni to’g’ri holatga keltirishga yordam beradigan bir qator texnikalarga ega.
Ammo homilaga qandaydir ta’sir o’tkazish, uni o’girilishiga «majburlash» xavfli va uni hech kim bajarmaydi. Lekin, osteopatlarning arsenalida tos va qorin diafragmalarining holatini yaxshilash, yuqori ko’krak qafasi, bachadonning mushak qatlamlari, uning holatini optimallashtirishga yordam beradigan turli xil usullar mavjud. Bu usullar esa chaqaloqning o’zi pozitsiyasini almashtirishi uchun qulay sharoitlarni yaratadi.
Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Umurtqa va homiladorlik haqida malumotlar