Umumiy tezkor tugmalar : shortcuts

Umumiy tezkor tugmalar : shortcuts

Kompyuterdan foydalanishda uning asosiy boshqaruv qurilmasi bu klaviatura hisoblanadi. Undan unumli va tezkor foydalanish sizga kompyuterda ishlayotganingizda juda qo’l keladi. Biz siz uchun kompyuterdan foydalanish vaqtida turli dasturlarda kerak bo’ladigan vaqtingizni tejashga yordam beradigan qisqa tugmalarni to’pladik. 

Umumiy tezkor tugmalar

Quyidagi kombinatsiyalar ko‘plab ommabop dasturlar, jumladan, Microsoft Office dasturlarida birdek ishlaydi.

Ctrl+A-Joriy jild, hujjat yoki sahifadagi barcha elementni blokka oladi (barchasini belgilaydi).

Ctrl+C / Ctrl+Insert-Tanlangan matn, rasm yoki elementni bufferga nusxalaydi.

Ctrl+X-Tanlangan matn, rasm yoki elementni kesib, bufferga nusxalaydi.

Ctrl+B-Bufferdagi elementni joriy dastur yoki oynaga tushiradi.

Ctrl+F-Qidiruv oynasini ochadi. Microsoft Outlook’da esa xabarni boshqa birovga yo‘naltiradi.

Ctrl+S-Ochiq hujjat, fayl yoki veb-sahifani saqlaydi.

Ctrl+P-Joriy hujjat yoki sahifani chop etadi.

Ctrl+N-Yangi oyna ochadi.

Ctrl+W-Joriy oynani yopadi.

Microsoft Word uchun tezkor kombinatsiyalar

Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda quyida keltirilgan tezkor tugmalar bilan Microsoft Word dasturida tezkor amallarni bajarish mumkin.

Ctrl+B-Matnni to‘q qora rangga bo‘yaydi.

Ctrl+U-Matnning ostiga chizadi.

Ctrl+I-Matnni og‘ma shaklga o‘tkazadi.

Ctrl+L-Paragrafni chap tomonga suradi.

Ctrl+R-Paragrafni o‘ng tomongga suradi. Ushbu kombinatsiyani ikki marta bosish paragrafni chap tomonga suradi.

Ctrl+J-Paragrafni tekislaydi. Ushbu kombinatsiyani ikki marta bosish pragrafni chap tomonga suradi.

Ctrl+K-Giperhavola (ssilka) yaratadi.

F7 Key-Imloni tekshirishni boshlaydi.

Shift +F7 Key-Tezarusni ochadi.

Microsoft Excel uchun tezkor kombinatsiyalar

Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda quyida keltirilgan tezkor tugmalar bilan Microsoft Excel dasturida tezkor amallarni bajarish mumkin.

F2-Faol katakchani tahrirlaydi.

Alt+Enter-Katakchani tahrirlash payti ayni katak ichida qatorni bo‘ladi.

Ctrl+Space-Butun ustunni sariq rangga bo‘yaydi.

Shift+Space-Butun qatorni sariq rangga bo‘yaydi.

Ctrl+D-Eng yuqoridagi katakcha kontenti va formatini quyi tomonda belgilab qo‘yilgan barcha katakchalar ko‘chiradi.

Alt+Enter-Katakchani tahrirlash payti ayni katak ichida qatorni bo‘ladi.

Ctrl+Space-Butun ustunni sariq rangga bo‘yaydi.

Shift+Space-Butun qatorni sariq rangga bo‘yaydi.

Ctrl+D-Eng yuqoridagi katakcha kontenti va formatini quyi tomonda belgilab qo‘yilgan barcha katakchalar ko‘chiradi.

Brauzer uchun tezkor kombinatsiyalar

Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda quyida keltirilgan tezkor tugmalar bilan Chrome, Firefox va Edge dasturlarida tezkor amallarni bajarish mumkin.

F5-Joriy sahifani yangilaydi.

Ctrl+(+ yoki -)-Sahifani kattalashtiradi/kichiklashtiradi.

Ctrl+Tab-Ochilgan brauzer yorliqlarining biridan ikkinchisiga o‘tadi

Ctrl+Shift +T-Oxirgi yopilgan yorliqni ochadi.

Ctrl+D-Joriy sahifani xatcho‘pga qo‘shadi.

Windows uchun tezkor kombinatsiyalar

Alohida dasturlar bilan bir qatorda Windows’ning ham alohida tezkor kombinatsiyalari mavjud.

Win + B – Sichqoncha kursorini treyga o’tkazish

Win + D – Ish stoliga (рабочий стол) o’tish

Win + Е – Mening kompyterim (мой компьютер) oynasini ochish

Win + F – Qidiruv oynasini ochish

Win + L – Kompyuterni bloklash

Win + M – Barcha oynalarni masalalar paneliga tushirish

Win + P – Proektor bilan ishlash oynasini ochish

Win + R – “Bajarish” (выполнить) oynasini chaqirish

Win + U – “Maxsus imkoniyatlar” oynasini ochish

Win + Tab — Flip 3D funksiyasi

Umumiy Dasturlash
Umumiy tezkor tugmalar : shortcuts