UMUMIY OVQATLANISH

UMUMIY OVQATLANISH

UMUMIY OVQATLANISHxalq xoʻjaligining ilmiy gigiyenik talablar asosida taomlar tayyorlab sotadigan va isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatadigan sohasi. Umumiy ovqatlanish sohasiga yarim fabrikat oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlaydigan f-kalar, oshxonalar, restoranlar, choyxonalar, qahvaxonalar, bufetlar, yemakxonalar, gazakxonalar va b. kiradi. Ularning ayrimlari isteʼmolchilarga ish va oʻqish joylarida xizmat koʻrsatadi. Koʻpincha ularda isteʼmolchilarga imtiyozli (ovqat tayyorlash va xizmat koʻrsatish xarajatlarining bir qismini korxona yoki oʻquv yurti oʻz zimmasiga oladi) xizmat koʻrsatiladi.

Ensiklopediya.uz
UMUMIY OVQATLANISH