Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yangi sanitariya talablari tasdiqlandi

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yangi sanitariya talablari tasdiqlandi

3. 16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.08.00 Sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi]

Sport kiyimlariga qo’yiladigan gigiyenik talablar

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining qarori, 14.07.2022 yildagi 14-son

Kuchga kirish sanasi
Keyingi tahrirga havola
Oldingi tahrirga havola
APK bo‘yicha indekslash
QTUK bo‘yicha indekslash
TTR bo‘yicha indekslash
QMQ bo‘yicha indekslash
O‘zgartirishlar manbasi
Rasmiy nashr manbasi

Ko‘rinish

1. 09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;

2. 14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena me’yorlari hamda qoidalari;

3. 16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.08.00 Sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi]

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yangi sanitariya talablari tasdiqlandi

Yangi talablar bilan tadbirkorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi ayrim talablar (suv ta’minoti bo‘lmaganda korxona faoliyatini to‘xtatishi, ovqat tayyorlashda ko‘mir va o‘tindan foydalanishni taqiqlash) bekor qilindi.

Quyidagi sanitariya-gigiyena talablari belgilandi:

  • umumiy ovqatlanish korxonalarida ichimlik suvi bilan ta’minlash markazlashtirilgan suv ta’minoti tizimiga ulanish yo‘li bilan amalga oshirilishi;
  • markazlashtirilgan suv ta’minoti bo‘lmaganda, ichki suv ta’minoti artezian qudug‘idan, boshqa quduqlardan yoki kaptajlardan foydalanish;
  • chiqindi maydonchasini belgilangan masofada joylashtirish imkoni bo‘lmaganda, chiqindilar korxonalar sovitish tizimi, yuvish va dezinfeksiyalash imkoni bo‘lgan alohida xonasida saqlanishiga yo‘l qo‘yilishi.

Umumiy ovqatlanish korxonalarida quyidagilarni amalga oshirishga ruxsat etilmaydi:

  • texnologik jarayon talablariga rioya qilishni ta’minlash imkoniyati mavjud bo‘lmaganda mahsulot tayyorlash;
  • yaroqlilik muddati o‘tgan, sifatsiz yoki sifati bo‘yicha shubhali, buzilish belgilari bo‘lgan mahsulotlardan foydalanish;
  • germetik idishlarda sabzavotli, go‘shtli, baliqli, qo‘ziqorinli konservalar tayyorlash;
  • quritilgan va dudlangan baliq tayyorlash va quritilgan qo‘ziqorinlar tayyorlash.

Ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi xodimlar tomonidan ish boshlashdan oldin quyidagilar amalga oshirilishi shart: zargarlik buyumlari, soatlar yechilishi; sochlar ro‘mol yoki qalpoq ostiga yig‘ilishi; toza sanitariya kiyimlari kiyilishi; qo‘llar iliq suvda sovun bilan yuvilishi va dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlov berilishi, tirnoqlar olingan va lak surilmagan bo‘lishi kerak.

Qiziqarli malumotlar
Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yangi sanitariya talablari tasdiqlandi