Umr va vaqt
Umr va vaqt
DO`STLARGA ULASHING:
Hayotni sevasanmi? Sevsang, vaqtni boy berma, chunki vaqtdan hayot degan mato yaraladi.
B. FRANKLINTezkor vaqt, qaytib kelmaydigan vaqt insonning eng qimmatbaho boyligidir, binobarin, uni yelga sovurmoq borib turgan talon-torojlikdir.
S.MOEMOdamzod hayoti tejalgan vaqtga qarab uzayadi.
F. KOLLIERVaqt bizning eng arzon va ayni vaqtda eng qimmatbaho mulkimizdir, chunki vaqt tufayli biz hamma narsaga erishamiz.
Ya. RAYNISVaqt mavjud vositalarning eng qimmatlisidir.
TEOFRASTVaqt eng ulug‘vor novatordir.
F. BEKONQo‘limizdan keladigan barcha uddaburonliklar chidam va vaqtning aralashmasidan boshqa narsa emas.
O.BALZAKPul aziz, inson hayoti undan ham aziz, vaqt esa hamma narsadan azizdir.
A. V. SUVOROVModomiki vaqt eng qimmatbaho mulk ekan, unda vaqtni talon-toroj qilish eng og‘ir gunohdir.
B. FRANKLINInson boshiga tushishi mumkin bo‘lgan eng og‘ir yo‘qotish vaqtni boy berishdir.
TEOFRASTZoye ketgan har bir diqiqa boy berilgan ish, boy berilgan foydadir.
F. ChESTERFILDEng og‘ir yo‘qotishlardan biri — vaqtni yo‘qotish.
J. BUFFONSoatlarning har bir daqiqasini ham qadrla.
B. FRANKLINOdam tabiatan qiziq yaratilgan — boyligini yo‘qotsa xafa bo‘ladiyu umri zoye ketayotganiga esa parvo qilmaydi.
ABUL FAROJO‘z vaqtining loaqal bir soatini behudaga o‘tkazmoqchi bo‘lgan kishini hayotning butun qadr-qimmatini hali tushunib yetish darajasiga bormagan desa bo‘ladi.
Ch. DARVINAyniqsa vaqtni boy berish bilimdon odam uchun qimmatga tushadi.
I. GYoTEVaqtini boy berayotganida xunob bo‘ladigan odam eng dono odamdir.
DANTEArzimagan va befoyda narsalarga keragidan ortiqcha vaqt sarflash dono odam uchun nihoyatda og‘irdir va bu uni mislsiz tashvishga soladi.
AFLOTUNVaqt — aqliy mehnat kishisining sarmoyasi.
O. BALZAKVaqt qobiliyatlarni o‘stirish uchun zarur bo‘lgan kenglikdir…
K. MARKSVaqt aqlliroq, yaxshiroq, yetukroq va mukammalroq bo‘lib yetishishimiz uchun bizga in’om etilgan qimmatbaho sovg‘adir.
T. MANNVaqt — ulug‘ murabbiy.
E. BERKVaqtning qadriga yetmagan kishiga shon-sharaf nasib bo‘lmaydi.
L. VOVENARGHar bir kunni o‘lcha, sarflagan har bir daqiqangni hisobga ol! Faqat vaqt masalasidagina xasislik qilish mumkin.
T. MANNUzing va o‘zgalarniig vaqtini tejay bilmaslik — o‘taketgan madaniyatsizlikdir.
N. K. KRUPSKAYaBiz uchun vaqtni tejash besh qo‘lday aniq narsadir.
F. E. DZERJINSKIYHar qanday tejamkorlik oxir-oqibatda vaqtni tejashdan iboratdir.
K. MARKSVaqtni oqilona taqsimlash — ish poydevori.
Ya. KOMENSKIYTuban niyatlarni oliy niyatlarga qurbon qila borar ekansan, ma’lum vaqt uchun, yil uchun, oy uchun, hafta uchun, kun va soatlar, lahzalar uchun, bus-butun hayot uchun maqsading bo‘lsin.
L. N. TOLSTOYO‘z iste’dodlari bilan dong taratgan kishilar vaqtlarini o‘zlari va avlodlariga hurmat keltiradigan qilib sarflashlari kerak. Agar avlodlarga hech narsa qoldirmasak, ular biz haqimizda nima deb o‘ylashlari mumkin.
D. DIDROO‘z vaqtini qo‘lida mahkam ushlagan odamgina rasmana buyukdir.
GESIODKimki bo‘sh vaqtini oqilona o‘tkaza olsa, shaxsiy madaniyati oliy darajadagi kishidir.
B. RASSELVaqt orom nimaligini bilmaydigan nihoyasiz harakatdir — uni boshqacha tushunish mumkin emas.
L. N. TOLSTOYVaqt va suv toshqini hech qachon kutib turmaydi.
V. SKOTTVaqt hamma narsaga o‘z ta’sirini o‘tkazadi; yillarning poyonsiz halqasi nomni ham, qiyofani ham, fe’l-avtorni, hatto taqdirni ham o‘zgartira oladi.
AFLOTUNO‘rtamiyona odam vaqtni tez o‘tkazish payida bo‘ladi, iste’dod sohibi esa undan foydalanib qolishga urinadi.
A. ShOPENGAUERVaqtni boy berish boqiylikka zarar keltirishdan boshqa narsa emas!
G. TOROVaqtni boy berish o‘z-o‘zini qatl etish bilan barobar.
J. PEKKBiror kun ham o‘z niyatingdan og‘ishma, vaqtni uzaytirishning vositasi shudir, boz ustiga, garchand undan foydalanish mushkul bo‘lsa-da, juda to‘g‘ri vosita ham shudir.
G. LIXTENBERGHar doim vaqtim yo‘q deguvchilar aslida hech narsa qilmaydilar.
G. LIXTENBERGO‘z vaqtidan oqilona foydalana olmaydigan odam hammadan burun vaqt yetmasligidan noliydi: u kunlarni kiyinishga, ovqatlanishga, uxlashga, oldi-qochdi gaplarga, nima qilish kerak, degan xayollarga, hech nima qilmaslikka sarflaydi.
J. LABRUERAgar yaxshi tasarruf qilinsa, hamisha yetarlicha vaqt topish mumkin.
I. GYoTEBiron ish bilan mashg‘ul bo‘lmagan onimni sira tasavvur etolmaydi.
F. M. DOSTOEVSKIYDam olishga ham vaqtim qolsin desang, vaqtni behuda o‘tkazma.
B. FRANKLINVaqting kam bo‘lishini istasang, hech nima qilma.
A. P. ChEXOVVaqtdan oqilona foydalanish uning qimmatini yanada oshiradi.
J.J. RUSSOBehuda o‘tkazilgan vaqt to‘g‘risida armon qiladigan kishilarga qolgan vaqtdan oqilona foydalanish ham muyassar bo‘lmaydi.
J. LABRUERInson xarakteri hammadan ham ko‘proq unga qay tarzda dam olish ma’qul va o‘ng‘ay ekanligi bilan belgilanadi.
N. G. ChERNIShEVSKIYMen hamisha bo‘sh paytimda ko‘proq band bo‘laman.
SISERONQarta o‘yini aqliy inqirozning yaqqol nishonasidir. Odamlar fikr almashishga qurblari yetmasa, qarta tashlashadi.
A. ShOPENGAUERKollektsiya yig‘ishga ishqibozlik — aqldan ozishning birinchi bosqichi.
O.BALZAKBaliq oviga qiziqish mansabdorlarga idora xizmatini eslatadi.
O.BALZAKAyni vaqtini bilish — vaqtni avaylash demakdir, vaqtida qilinmagan ish esa behuda qilingan ishdir.
F. BEKONHech bir ishni ertaga qo‘yma — vaqtning qadriga yetadiganlarning ustunligi ham, siri ham shunda.
E. LABULEHech bir ishni orqaga surma, chunki u ish sendan keyin osonlashib qolmaydi.
JAN POLBugungi bir soat ertangi ikki soatga aylanadi.
T. FULLERBittagina bugun ikkita ertaga arziydi.
B. FRANKLIN«Ertaga» «bugun»ning zo‘r dushmanidir; «ertaga» bizni bor-budimizdan ayiradi, faolsizlikda ushlab, oxir-oqibat notavon qiladi.
E. LABULE«Ertaga» so‘zi qat’iyatsiz kishilar va bolalar uchun o‘ylab topilgan.
I. S. TURGENEVMuddatni cho‘zish vaqtni o‘g‘irlash demakdir.
E. YuNGTezkorlik kerak, shoshqaloqlik esa zarar.
A. V. SUVOROVAgar sen shoshmasang, hamma narsani aniq va ravshan ko‘rasan, kishi shoshqaloqlikda ko‘r-ko‘rona va shuursiz harakat qiladi.
TIT LIVIYO‘ylab ol ishingni va olisga boq.
O‘ylab ul ishingni, keyinga surma.
A. ShUKURBu kungi yumushni ertaga qo‘ymoq margub emas,
Tongla ne hol ro‘y berurin kajraftor aytib bermas.
FIRDAVSIYUlug‘ yo‘l kutayotgan bo‘lsa, sustkashlik jinoyatdir.
Sh. RUSTAVELIHadeb o‘ylayvergan odam hamisha ham to‘g‘ri qarorga kelavermaydi.
I. GYoTEHayotdagi muhim ishlarga har doim shunday shoshilish kerakki, go‘yo bir daqiqa boy berilsa, hamma narsa barbod bo‘ladiganday tuyulsin.
V. G. BELINSKIYBa’zan osoyishta vaqtlarda foydali ko‘ringan sustkashlik sinov soatlarida halokatli bo‘lishi ham mumkin.
A. LAMARTINSustakashlik oson ishni ham mushkillashtiradi, qiyin ishni esa chorasiz bir ahvolga olib keladi.
J. LORIMERSustkash odamning umri omadsizlik bilan olishuvga ketadi.
GESIODBa’zan sustkashlik o‘limga teng bo‘ladi.
M.V.LOMONOSOVziyouz.uz
Umr va vaqt