UMIRBEK LAQQI

UMIRBEK LAQQI

UMIRBEK LAQQI — qoraqalpoq xalq latifalarining qahramoni. Umirbek 19-a. ning ya2rmida oʻtgan tarixiy shaxe boʻlib, Chimboy sh. yaqinidagi ovulda yashagan. «Laqqi» uning xalq qoʻygan laqabi. Qoraqalpoq xalqining ogʻir qismati 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida yaratila boshlagan dostonlarda va Umirbek nomi bilan bogʻliq latifalarda oʻz aksini topgan. Bu latifalarda hazilkashlik, topqirlik, baʼzan esa hiylakorlikni ifodalovchi hangomalar Umirbek laqqi nomidan hikoya qilinadi. Uning nomi bilan bogʻliq latifalar «Qoraqalpoq xalq afsonalari ham latifalari» toʻplamida bosilib chiqqan (1962). Rus tilida «Anekdotы Omirbeka» («Umirbek latifalari») toʻplami nashr etilgan (1977). «Ogonyok», «Krokodil», «Mushtum» va b. jur. larda bunday latifalardan namunalar berib borilgan. Nukus drama teatrida «Umirbek laqqi» komediyasi sahnalashtirilgan.

Ensiklopediya.uz
UMIRBEK LAQQI