Umid Irgashev biografiyasi haqida to’liq ma’lumot oling
Umid Irgashev biografiyasi haqida to’liq ma’lumot oling
Aktyor va Feed UP asoschisi tadbirkor Umid Irgashev 1987 yilning 2 mart kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Otasi Muhammadkarim aka mebel sexida menejer, onasi Karima opa esa, bankda hisobchi bo‘lib, ular Umidni bilim olishiga alohida e’tibor qaratishgan. Umid Irgashev oilada to‘ng‘ich o‘g‘il bo‘lib, oilada bir singlisi va bir ukasi bor. U Toshkent shahridagi 281 maktabni tamomlagan. Umid Irgashev maktabda tahsil olib yurgan vaqtlaridayoq, o‘zi mustaqil mablag‘ ishlab topishga qiziqqan. Ammo, buning uchun yetarli tajribaga ega bo‘lish uchun ham, bilim olishi kerakligini anglab, Bank kollejiga o‘qishga kirib uni tamomlagan. Shundan so‘ng, o‘zi mustaqil pul ishlab topish uchun, avvaliga tavakkal qilib benzin quyish shahobchasida ish boshlagan. 2005 yildan 2007 yilgacha u yerda benzin quyuvchi bo‘lib ishlagan. So‘ng, yetarlicha mablag‘ yiqqach, tadbirkorlikdagi dastlabki qadamini 2007 yil “Paynet” ochishdan boshlagan. Bu borada unga do‘stlari ham yordam berishgan. Umidning o‘zi u yerda “Paynet”chi bo‘lib faoliyat yuritgan. 2009 yilda u bu “biznes”ning vaqti o‘tayotganini anglagach, tadbirkorlikning boshqa yo‘nalishiga qo‘l urish haqida o‘ylay boshlagan. Shunday kunlarning birida tasodifan tushlikka fastfud yeb turib, unda aynan shu yo‘nalishda ishlaydigan kafe ochish fikri tug‘ilgan. Albatta, biror g‘oyani amalga oshirish uchun harakat va mehnat zarur edi. Umid Irgashev esa, qat’iyatli inson bo‘lgani uchun ham, o‘z maqsadi sari qat’iy harakat qilgan va bir qancha qiyinchiliklarni yengib o‘ta olgan. Natijada 2010 yil Umid Irgashev tomonidan ilk Feed Up, fastfud kafe tarzida ochilgan. Bu Umid Irgashevning Feed Up brendiga asos solishdagi ilk qadami bo‘lgan. Dastlabki qadamni qo‘yish ham albatta oson kechmagan, ammo Umid Irgashev o‘z g‘oyasini rivojlantirish uchun olg‘a intilgan. 2012 yil Feed Up ning ikkinchi filiali ochilgan. 2016 yilda Umid Irgashev Feed Up ning boshqa brendlar bilan raqobatlashishini hisobga olgan holda, brendni yanada rivojlantirish haqida o‘ylab, Feed Up kafelar tarmog‘ini vujudga keltira boshlagan. Albatta, buning uchun yaxshi lokatsiya topish, har bir filial uchun fidoiy jamoa yig‘ish, hamda sharoitni vujudga keltirish, bor mas’uliyat Umid Irgashevning zimmasida bo‘lib, bularni amalga oshirish undan sabr, katta kuch, hamda mablag‘ talab qilgan. Ammo, Umid Irgashev bularning barini uddalagan. 2017 yilda Feed Up ning filiallari soni 4 taga yetgan. Tinimsiz izlanish, maqsad sari astoydil intilish va kuchli mehnat o‘z samarasini bergan. Natijada, bugungi kunga kelib, hozirda Feed Up filiallari soni Toshkent shahrida 22 taga yetdi! Bu albatta, tadbirkor Umid Irgashevning o‘ziga xos muvaffaqiyatli mehnatlari samarasidir. Ko‘pchilik Umid Irgashevni aktyor sifatida ham yaxshi biladi. Chunki, u 2012 yilda o‘z aktyorlik faoliyatini boshlagan. Ilk ijro qilgan roli “Oqpadar” filmida bo‘lib, unda u film rejissyori va aktyor Said Muxtorovning o‘g‘li rolini ijro qilgan. Shundan so‘ng, 2014 yil rejissyor Bahrom Yoqubovning “Tungi mehmon” filmida suratga tushgan. 2015 yil prodyuser Ruslan Mirzayev Umid Irgashevni “Xiyonat girdobi” filmiga bosh rolga taklif etgan. Bu filmning muvaffaqiyatidan so‘ng, u Ruslan Mirzayevning navbatdagi “Ko‘z yoshim” filmida ham suratga tushdi. 2016 yil u suratga tushgan “Ikki telba” filmi katta ekranga chiqdi. 2017 yil esa, Umid Irgashev prodyuser Ruslan Mirzayevning “Sevadi, sevmaydi” filmida bosh rolni ijro qildi. 2019 yilda esa, prodyuser uni navbatdagi “Istanbullik milliarder” filmidagi bosh qahramonlardan birining roliga taklif qildi. 2020 yildan Umid Irgashev aktyor sifatida o‘z e’tiborini seriallarga qaratib, prodyuser Ruslan Mirzayev bilan hamkorlikni mustahkamlagan holda, turk kinoijodkorlari bilan birgalikda yaratilgan “Yuraklar jangi” serialida suratga tushdi. Bu serialdagi roli aktyorning ijodida haqiqiy burilish bo‘ldi. 2021 yilda esa, prodyuser Ruslan Mirzayevning turk kinoijodkorlari bilan navbatdagi ijodiy hamkorligi bo‘lgan “Ishq o‘yinlari” serialida ham bosh qahramonlardan biri sifatida gavdalandi. 2022 yil ham Umid Irgashev uchun ijod va tadbirkorlik taraflama omadli kechmoqda. Tadbirkorlik taraflama u 2022 yilda o‘zi asos solgan Feed Up ning 22 filialini ochdi! Ijod taraflama esa, prodyuser Ruslan Mirzayevning turk kinoijodkorlari bilan navbatdagi hamkorlikdagi loyihasi “Yur, muhabbat” serialida suratga tushdi. Umid Irgashev oilali bo‘lib, o‘z orzusidagi qizga uylangan. Ikki o‘g‘ilning otasi. Katta o‘g‘li Abubakr 2015 yil tug‘ilgan. Kenja o‘g‘li Usmon 2019 yil tug‘ilgan. Ayni vaqtda Umid Irgashev tadbirkor sifatida o‘zi asos solgan Feed Up brendini dunyoga olib chiqish, dunyoning boshqa davlatlarida ham uning filiallarini ochish istagida astoydil harakat qilmoqda.
Aktyor va Feed UP asoschisi tadbirkor Umid Irgashev 1987 yilning 2 mart kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Otasi Muhammadkarim aka mebel sexida menejer, onasi Karima opa esa, bankda hisobchi bo‘lib, ular Umidni bilim olishiga alohida e’tibor qaratishgan. Umid Irgashev oilada to‘ng‘ich o‘g‘il bo‘lib, oilada bir singlisi va bir ukasi bor.
U Toshkent shahridagi 281 maktabni tamomlagan. Umid Irgashev maktabda tahsil olib yurgan vaqtlaridayoq, o‘zi mustaqil mablag‘ ishlab topishga qiziqqan. Ammo, buning uchun yetarli tajribaga ega bo‘lish uchun ham, bilim olishi kerakligini anglab, Bank kollejiga o‘qishga kirib uni tamomlagan. Shundan so‘ng, o‘zi mustaqil pul ishlab topish uchun, avvaliga tavakkal qilib benzin quyish shahobchasida ish boshlagan. 2005 yildan 2007 yilgacha u yerda benzin quyuvchi bo‘lib ishlagan. So‘ng, yetarlicha mablag‘ yiqqach, tadbirkorlikdagi dastlabki qadamini 2007 yil “Paynet” ochishdan boshlagan. Bu borada unga do‘stlari ham yordam berishgan. Umidning o‘zi u yerda “Paynet”chi bo‘lib faoliyat yuritgan. 2009 yilda u bu “biznes”ning vaqti o‘tayotganini anglagach, tadbirkorlikning boshqa yo‘nalishiga qo‘l urish haqida o‘ylay boshlagan. Shunday kunlarning birida tasodifan tushlikka fastfud yeb turib, unda aynan shu yo‘nalishda ishlaydigan kafe ochish fikri tug‘ilgan. Albatta, biror g‘oyani amalga oshirish uchun harakat va mehnat zarur edi. Umid Irgashev esa, qat’iyatli inson bo‘lgani uchun ham, o‘z maqsadi sari qat’iy harakat qilgan va bir qancha qiyinchiliklarni yengib o‘ta olgan.
Natijada 2010 yil Umid Irgashev tomonidan ilk Feed Up, fastfud kafe tarzida ochilgan. Bu Umid Irgashevning Feed Up brendiga asos solishdagi ilk qadami bo‘lgan. Dastlabki qadamni qo‘yish ham albatta oson kechmagan, ammo Umid Irgashev o‘z g‘oyasini rivojlantirish uchun olg‘a intilgan. 2012 yil Feed Up ning ikkinchi filiali ochilgan.
2016 yilda Umid Irgashev Feed Up ning boshqa brendlar bilan raqobatlashishini hisobga olgan holda, brendni yanada rivojlantirish haqida o‘ylab, Feed Up kafelar tarmog‘ini vujudga keltira boshlagan. Albatta, buning uchun yaxshi lokatsiya topish, har bir filial uchun fidoiy jamoa yig‘ish, hamda sharoitni vujudga keltirish, bor mas’uliyat Umid Irgashevning zimmasida bo‘lib, bularni amalga oshirish undan sabr, katta kuch, hamda mablag‘ talab qilgan. Ammo, Umid Irgashev bularning barini uddalagan. 2017 yilda Feed Up ning filiallari soni 4 taga yetgan.
Tinimsiz izlanish, maqsad sari astoydil intilish va kuchli mehnat o‘z samarasini bergan. Natijada, bugungi kunga kelib, hozirda Feed Up filiallari soni Toshkent shahrida 22 taga yetdi! Bu albatta, tadbirkor Umid Irgashevning o‘ziga xos muvaffaqiyatli mehnatlari samarasidir.
Ko‘pchilik Umid Irgashevni aktyor sifatida ham yaxshi biladi. Chunki, u 2012 yilda o‘z aktyorlik faoliyatini boshlagan. Ilk ijro qilgan roli “Oqpadar” filmida bo‘lib, unda u film rejissyori va aktyor Said Muxtorovning o‘g‘li rolini ijro qilgan. Shundan so‘ng, 2014 yil rejissyor Bahrom Yoqubovning “Tungi mehmon” filmida suratga tushgan.
2015 yil prodyuser Ruslan Mirzayev Umid Irgashevni “Xiyonat girdobi” filmiga bosh rolga taklif etgan. Bu filmning muvaffaqiyatidan so‘ng, u Ruslan Mirzayevning navbatdagi “Ko‘z yoshim” filmida ham suratga tushdi. 2016 yil u suratga tushgan “Ikki telba” filmi katta ekranga chiqdi.
2017 yil esa, Umid Irgashev prodyuser Ruslan Mirzayevning “Sevadi, sevmaydi” filmida bosh rolni ijro qildi. 2019 yilda esa, prodyuser uni navbatdagi “Istanbullik milliarder” filmidagi bosh qahramonlardan birining roliga taklif qildi.
2020 yildan Umid Irgashev aktyor sifatida o‘z e’tiborini seriallarga qaratib, prodyuser Ruslan Mirzayev bilan hamkorlikni mustahkamlagan holda, turk kinoijodkorlari bilan birgalikda yaratilgan “Yuraklar jangi” serialida suratga tushdi. Bu serialdagi roli aktyorning ijodida haqiqiy burilish bo‘ldi.
2021 yilda esa, prodyuser Ruslan Mirzayevning turk kinoijodkorlari bilan navbatdagi ijodiy hamkorligi bo‘lgan “Ishq o‘yinlari” serialida ham bosh qahramonlardan biri sifatida gavdalandi.
2022 yil ham Umid Irgashev uchun ijod va tadbirkorlik taraflama omadli kechmoqda. Tadbirkorlik taraflama u 2022 yilda o‘zi asos solgan Feed Up ning 22 filialini ochdi! Ijod taraflama esa, prodyuser Ruslan Mirzayevning turk kinoijodkorlari bilan navbatdagi hamkorlikdagi loyihasi “Yur, muhabbat” serialida suratga tushdi.
Umid Irgashev oilali bo‘lib, o‘z orzusidagi qizga uylangan. Ikki o‘g‘ilning otasi. Katta o‘g‘li Abubakr 2015 yil tug‘ilgan. Kenja o‘g‘li Usmon 2019 yil tug‘ilgan.
Ayni vaqtda Umid Irgashev tadbirkor sifatida o‘zi asos solgan Feed Up brendini dunyoga olib chiqish, dunyoning boshqa davlatlarida ham uning filiallarini ochish istagida astoydil harakat qilmoqda.
Malumotlar
Umid Irgashev biografiyasi
Related Posts