Umid haqida
Inson hayotida eng ko‘p foyda beradigan narsa — umid. Hammamiz uchun nima mushtarak? — Umid; chunki odamning hech narsasi bo‘lmasa ham umidi bor. Hatto juda keksayib qolgan odamlar ham umid bilan yashaydilar va o‘z ahvollarini yaxshilash uchun rejalar tuzadilar. Inson tirik ekan, hech qachon umidsizlanmasligi kerak. Dard, o‘kinch, afsus, noumidlik — bular o‘tkinchi, qalbda ildiz otmaydigan musibatlardir; alamli tuyg‘ular ta’sirida baxtsizlikdan sira qutulmaymiz, deya o‘ylashimiz ham mutlaqo soxtaligi tajribadan bizga ma’lum. Umid bilan istak o‘zaro bir-birini ta’qib qilib yuradi, biri soviganda ikkinchisi ham soviydi, biri alanga olgan paytda, keyingisi qaynab ketadi. Hamisha umid bilan yashamoq, hech qachon tugakunlikka berilmaslik chinakam mard odamning fazilatidir. Umidsiz kishi langarsiz kema kabidir. Umid tungi osmon monanddir: zo‘r berib tikilgan nigoh oqibat-natijada biron-bir go‘shadagi yulduzni topmasdan qolmaydi. Tirik odam hali hech narsani yo‘qotmadim, desa bo‘ladi. Har qanday tumanda ham yo‘l topib yursa bo‘ladi. Eng muhimi dadillik bilan olg‘a borishdir. Har qancha og‘ir musibatlar ham aqlu idrok va vaqt ta’sirida malham topadi. Hamma narsani boy berilgan taqdirda ham hali oldinda kelajak bor. Hech qaysi tabib toliqqan vujud va azob chekkan qalb uchun umidchalik dori topib berolmaydi. Umid, garchi aldoqchi bo‘lsa ham, harqalay, hayotimizni risoladagidek yakunlashimizga xizmat qiladi. Sevinchga umid bog‘lashning yetishib turgan farog‘atimizdan ozgina farqi bor. Baxtli kunlarni kutish ba’zan o‘sha kunlarning o‘zidan ancha yaxshiroq bo‘ladi. Umid hech qachon odam to‘ymaydigan boylikdir. Umr bo‘yi bizga hamroh bo‘lgan umid hatto o‘lim to‘shagida ham bizni tark etmaydi. Hatto qabr yoqasida ham umid yashaydi. Diling kuymasin, noumidlik bilan Umid yurak yorilib ketmasligi uchun qalqondir. Umid tugagan joy huvillab qoladi. ziyouz.uzUmid haqida
DO`STLARGA ULASHING:
A. F. VELTMAN
FALES
J. LEOPARDI
SENEKA
J.J. RUSSO
F. PETRARKA
LUSIY FLOR
E. TELMAN
O.FELE
R. ROLLAN
R. ROLLAN
F. ROXAS
K. BOUVI
S. SVEYG
F. LAROFUShKO
V. ShEKSPIR
K. G. PAUSTOVSKIY
L. VOVENARG
A. POP
I. GYoTE
Yorug‘ kun tug‘ilgay qaro kechadan
SA’DIY
T.FULLER
LEONARDO DA VINChI
Umid haqida