Umar Hayyom ruboiylaridan
1 Ul husni falak, xurshidi tobondir – ishq, 2 Karvoni umrga boq, chunun oʻtgusidir, 3 Ul mayki, sharobi jovidoniydir, ich, 4 Gul boʻlmasa bizga bogʻ aro xor ham bas, 5 Loyimni oʻzing qorgan esang, men na qilay? 6 Yoshdir-qaridir, jahonga yuz tutgaylar, 7 Evohki, yoshlik edi – nomam, toʻldi, 8 Kun oʻtsa kuningdan, sen uni yod etma, 9 Azm etki, koʻngil, bazm quraylik endi. 10 Soqiy, gulu sabza bas tarabnok emish, Boq, hafta oʻtib, oʻshal bari xok emish. 11 Ul nechaki, mani duriga botmishlar, 12 Bor erdi kulol doʻkoni, kirdim bir gal, 13 Bir jurʼa sharob davlati Qobusdan xub, 14 Shoh tojimi, xon ziynati – biz otgaymiz, 15 Bir qoʻlda tutib Musʼhafu bir qoʻlda-chi jom, 16 Ey zohidi din, agarchi may ichgumdir, 17 Pok kelgan edik adamdin, nopok boʻldik, 18 Ilkimda sharobi nob boʻlsin doim, 19 Ey charxki, nokasga berarsan beshak, 20 Ul yorki dilim koʻyida koʻp zor oʻlmish, 21 Kelgan ketadir, bir samar – sud qani? 22 Asrori azalnn sanu man bilmasmiz, 23 Derlar mani telba, mayparast – shundoqmen. 24 Ayyomi tiriklikdan agar on oʻtsin, 25 Ul zotki, sanamga labi xandon bermish, Shodmiz, gʻam ila qaygʻunp chandon bermish. 26 Gar boda ichib, asiru mastmen, mastmen, Lek men bilamen oʻzimni, shak etmasmen… 27 Mendan chu ajal bila oʻlim vahmi yiroq, 28 Koʻrgil, necha rangu roʻi zebo bermish, 29 Bu koʻhna rabotki, anga olam nomdir, 30 Bir suv boʻyida bodayu jono bila men, 31 Gar boʻlsa muhayyo menga bugʻdoy nonim, 32 Xayyom, gunohga boʻyla motam ne kerak? 33 Ey charx, dilimni boʻyla gʻamnok etding, 34 Bilgaymisen, oyo, saharlarda xoʻroz 35 Avlodi bashar boʻyla jigarpora emish, 36 Olam ishiniki men chunon koʻrgayman, 37 Koʻrgilki, zamonda ne shitob, ey soqiy, 38 Gʻam behuda chekmagil, mudom shod yasha, 39 Har chandki bihishtda yuz karomat boʻlgay, 40 Mohi ramazon oʻtdiyu shavvol keldi, 41 May asli nadir – bodaparastlar bilgay, 42 May birla oʻtirki, mulki Mahmuddir bu, 43 Ul qasrki, Bahrom quliga jom olmish, 44 Bu dahrki, bir muddat orur manzilimiz, 45 Desangki, umr asosi mahkam boʻlgay, 46 Bir jurʼai may u mulki Chindan afzal, 47 May ichsang, uni oqilu dono bila ich, 48 Shundoq ichayin sharobki, to boʻyi sharob, 49 Paymona kabi bir kuni toʻlsam, ne ajab, 50 Doʻstlar uyushib, koʻngilni obod aylang, Jamol Kamol tarjimalari “333 ruboiy” (Toshkent, “Musiqa” nashriyoti, 2007) kitobidan saviya.uz/ijod/nazm/umar-hayyom-ruboiylaridan/Umar Hayyom ruboiylaridan
DO`STLARGA ULASHING:
Ul qushki, goʻzal chamanda sayrondir – ishq.
Bulbul kabi un chekishni sen ishq sanama,
Xar lahza oʻlib, chekmasa afgʻondir ishq…
Har lahza tarab aylaki, kun oʻtgusidir.
Soqiy, chekaverma koʻp qiyomat gʻamini,
Sun menga piyolaniki, tun oʻtgusidir…
Sarmoyayi ishq, ayshi jahoniydir, ich.
Yondirguvchi otash ul va darding oqizib
Ketguvchi ziloli zindagoniydir, ich…
Nur yetmasa bizga, yetmagay, nor ham bas.
Gar boʻlmasa bizga xonaqo, xirqavu shayx,
Noqisu kaliso bila zunnor ham bas…
Shaklimni oʻzing chizgan esang, men na qilay?
Har yaxshi-yomonki men etarman, yo Rab,
Manglayga oʻzing yozgan esang, men na qilay?..
Bu nuktani to koʻngilga jo etgaylar.
Hech kimsaga qolmagay abad mulki jahon,
Keldik, ketamiz, boz kelib-ketgaylar…
Qish keldiyu ul toza bahorim soʻldi.
Ul murgʻi tarab erdi ajab, ismi shabob,
Bilmam, u qachon keldi – muyassar boʻldi!..
Ham kelmagan ul ertaga faryod etma.
Bu kelmagan – oʻttan bila bunyod etma,
Xoʻp xayr, degil, umrni barbod etma…
May noʻsh etibon, aysh suraylik endi.
Sajjodani bir piyola sharbatga sotib,
Nomusni otib, yerga uraylik endi…
Gul uzgilu may simir, shitob et, ha demay,
Gul xok emishu sabza ham pok emish…
Tangri nasabi vasfida soʻz qotmishlar.
Sarrishtayi asror nadir, bilmasdan,
Avval necha vaysab, oxiri yotmishlar…
Dastgoh boshida koʻzagar ishlardi jadal,
Koʻrdimki, gado ilkiyu shoh kallasidan
Ul koʻzaga bejirim boʻyin, dasta yasar…
Ul taxti Qubodu masnadi Tusdan xub.
Oshiq dilidan saharlab uchgan har oh,
Zohid eli chekkan nolayi muzdan xub…
Dastoru libosni nay uchun sotgaymiz.
Tasbehki, makr lashkarining elchisidir,
Nogoh uni ham may uchun sotgaymiz…
Gah mardi halolmizu gah mardi harom.
Bizdirmiz oʻsha gumbazi niliy tagida
Na kofiri mutlaq, na musulmoni tamom.
Lek menga ayon, gʻofilu hushyor kimdir.
Men may ichamen, sen esa qon ichasen,
Insof bila ayt, aslida xunxor kimdir?
Shodon yetishib eshikka, gʻamnok boʻldik.
Oʻtdik base dil otashi, koʻz yoshi bila,
Berdik shu umrni yelgayu xok boʻldik…
Qoshimda nayu rubob boʻlsin doim.
Xokimdan agar koʻza yasar boʻlsa kulol,
Ul koʻza toʻla sharob boʻlsin doim…
Hammomu tegirmon, mol-dunyo lak-lak.
Bir burda nonga zor yurar toʻgʻri kishi,
Uch pulga ham arzimas demak boʻyla falak…
Koʻrgilki, oʻzi gʻamga giriftor oʻlmish.
Men ishqida dardimga tilarmen darmon,
Koʻrgil, oʻsha darmon oʻzi bemor oʻlmish…
Bu tori vujuddin, oʻyla, maqsud qani?
Charx otashi yondirar va pokiza vujud
Otashda yonib, kul boʻladir, dud qani?..
Bu harfi chigalni sanu man bilmasmiz.
Har nechaki soʻzladik, dedik parda osha,
Chu pardaki tushdi, sanu man bilmasmiz…
Derlar yana man fosiqu mast – shundoqmen.
San suvratu zohirimga koʻp solma nigoh,
Botinda nechuk esamki, bas, shundoqmen…
Azm aylaki, ul hurrami shodon oʻtsin.
Zinhorki, sarmoyai bu mulki jahon –
Umr emish, ul ham guzaron – oʻtsin…
Dardmandga jigar qoni-la darmon bermish.
Qismatki nasib etmadi shodlik, gʻam yoʻq,
Gar oshiqu rindu butparastman, pastman.
Har kimsada bir xayolu taxminu gumon,
Qismatki tiriklikni beribdi bundoq.
Jonimni omonatga olibmen, uni ham,
Qaytib beradirmen, muddati yetgan chogʻ…
Chun lola ruhu chu sarv bolo bermish.
Lek maʼlum emas, bizga shu tuproq uyida
Nakqoshi azal namuncha oro bermish?
Tin olguvchi koʻksida sabohdir, shomdir.
Bir bazmdir ul, koʻrgani yuz Jamshiddir,
Bir qabrdir ul, koʻynida yuz Bahromdir…
Boʻlsam, bu tarabdin ne uchun kechgaymen?
Bor erdimu bormenu yana boʻlgaymen,
May ichdimu ichmoqdamenu ichgaymen…
May boʻlsayu qoʻy goʻshti – oʻshal darmonim.
Yonimda navozish etsa ul jononim,
Aysh menda boʻlur, senda emas, sultonim.
Chekmak bu alamlar senga har dam ne kerak?
Gar boʻlmasa hech gunoh, maʼzur nimadir?
Maʼzurki nasib etsa, senga gʻam ne kerak?
Koʻksimni alam tigʻi bila chok etding,
Bagʻrimga shamol ufirsa – otash etding,
Ogʻzimga chu suv oldim, uni xok etding.
Faryod etarda senga ne soʻylar roz?
Ul derki, ayon boʻldi sahar koʻzgusida
Tun oʻtdi umrdin, bexabardirsen boz…
Shodlik bila gʻam koʻyida ovora emish.
Sen charxga umid boylama, ul charxi falak
Sendan-da gʻarib ermishu bechora emish.
Olamni oʻshanda roygon koʻrgaymen.
Subhonolloh, har neki koʻrsam unda
Chun manglayi shoʻrligim ayon koʻrgaymen…
Bergil menga bir jomi sharob, ey soqiy.
Ochgil u eshiknikim, sabuhiy kirsin,
May sunki, koʻrindi oftob, ey soqiy.
Bedod ioʻlida aylama bedod, yasha.
Koʻrgilki, jahonning oxiri yoʻqlikdir,
Yoʻqliq gʻamini oʻylama, ozod yasha.
Murgʻu mayu huri sarviqomat boʻlgay.
Soqiy, menga toʻldirib mayi gulrang ber,
May boʻlmasa, boshimda qiyomat boʻlgay.
Gʻam ketdi yiroqqa, bizga bir hol keldi.
Keldi magar ul yelkada may meshi ila,
Poʻsht, poʻsht, – degaylar, yana hammol keldi.
Qandoq qilib ul bagʻri qafaslar bilgay?
Rofil kishi gʻaflatda ekan, maʼzurdir,
Bu zavqu surur gashtini mastlar bilgay.
Chang rozini tingla, rozi Dovuddir bu.
Ketgan kimu qolgan nimadir, yod etma,
Shod boʻlki, jahonda senga maqsuddir bu.
Ohu koʻpayib, tulkilar orom olmish.
Bahromki umr boʻyi qabr qizmishdi,
Koʻrgil, mana, ne qabrni Bahrom olmish.
Boʻldi bari gʻam birla balo hosilimiz.
Evohki, hal boʻlmadi bir mushkulimiz,
Ketdik, vale ming alamda qoldi dilimiz.
Koʻngling bu jahonda necha hurram boʻlgay.
May kosasini oʻzingdin ayru tutma,
To lazzati jon senga damodam boʻlgay.
Bir qatra sharob yuz dilu dindan afzal.
Afzal nima bor emish sharobdin, aytgil?
Achchiq mazasi joni shirindan afzal…
Yo nozli sanam, bir guli raʼno bila ich.
Oz-oz ichu gah-gah ichu pinhona simir,
Koʻp ichma, ruju aylama, mano bila ich…
Chiqsin u qabrdanam, esam xoki turob.
Qabrim boshiga yetsa agar maxmure,
Boʻlsii u sharob boʻyidin mastu xarob…
Boshimga ajal yetshpsa, oʻlsam, ve ajab.
May koʻzasini qoʻshib koʻmingiz zinhor,
Ul boʻyi sharob ila tirilsam, ne ajab…
Diydor koʻrishib, bir-biringiz shod aylang.
Soqiy toʻlatib ilkiga olganda qadah,
Bir dam meni bechorani ham yod aylang…
Umar Hayyom ruboiylaridan