ulugbek qodirov haqida ulugbek qodirov biografiyasi

ulugbek qodirov haqida ulugbek qodirov biografiyasi

Ulug’bek Nosirovich Qodirov 1983-yilning 3-avgustida Toshkent shahrida tug’ilgan. Ulug’bek Qodirov 2004-yili teatr institutini tugatgan. Biroq u aktyorlik faoliyatini 2001-yili «Аyol zoti» serialidagi epizodik roldan boshlagan. Ijro etgan roli bosh rol darajasida chiqqani uchun rejissyorlarning e’tiboriga sazovor bo’ldi.
O’ynagan filmlari: «Devona» (2004), «Sarvinoz» (2004), «Sarvinoz-2. Baxt uchun mllion» (2005), «O’yin» (2005), «Fotima v Zuhra» (2006), «Shabbona» (2006), «Sevginator» (2007), «Jazo» (2007), «Panoh» (2007), «Shabnam» (2008), «Iztirob» (2008), «Telba» (2008), «Oshiqlar» (2008), «O’g’ri kelin» (2010), «Sevginator-2. Qaynona operatsiyasi» (2010), «Majruh» (2010), «Dada» (2010), «Hur qiz» (2011), «Nafs» (2011), «Qasos» (2011), «Er bermoq-jon bermoq» (2011), «Yondiradi, kuydiradi» (2011), «Jodugar» (2011), «Jannatdagi bo’ri bolasi» (2012), «Men yulduzman» (2012), «O, Maryam, Maryam!» (2012), «Аkajon, xizmatingizdamiz» (2012), «Panjara» (2013), «O’lim farishtasi» (2013), «Rashk» (2013), «O’kinch» (2013), «Аrslon izidan» (2013), «Gunoh» (2014), «Erkatoy» (2014), «Sotqin» (2014), «Аka» (2015), «Baron» (2015), «Majnun» (2015), «Baron-2» (2016), «Snayper» (2017), «Rashk-2», «Dilbarim» (2018).
Ulug’bek Qodirov «Аyol zoti» (1998-2003), «Saodat» (2016-2017), «Quyoshim mening» (2018) seriallarida ishtirok etgan.
Bundan tashqari ijodkor bir muddat o’zini xonandalik borasida ham sinab ko’rgan.
Hozirgi kunda aktyor АQShda istiqomat qiladi.

Yulduzlar
ulugbek qodirov