ULUGʻBEK
ULUGʻBEK (taxallusi; asl ismi Muhammad Taragʻay) [1394.22.3, Sultoniya sh., Eron Ozarbayjoni — 1449. 27.10, Samarqand] — buyuk oʻzbek astronomi va matematigi, davlat arbobi. Shohruxning oʻgʻli, Amir Temurnint nabirasi. Sohibqironning «besh yillik yurish»ida (1392—96) Irokdagi Mordin qalʼasini qamal qilish chogʻida tugʻilgan. Sharafuddin Ali Yazdiy «Zafarnoma» asarida yozishicha, Amir Temur huzuriga chopar kelib Ulugʻbekning tugʻilgani va munajjimlar bu nevara kelajakda ham olim, ham hukmdor boʻlishini bashorat qilganlari xushxabarini yetkazadi. Sohibqiron xursandligidan Mordin qalʼasi qamalini toʻxtatib, uning xalqiga yuklangan toʻlovni bekor qiladi. Uning oʻz nabirasiga Muhammad Taragʻay va Ulugʻbek deb ism qoʻyganini ham munajjimlarning yuqoridagi bashorati b-n bogʻlash mumkin.
Ensiklopediya.uz
ULUGʻBEK