ULTRABINAFSHA NURLANISH

ULTRABINAFSHA NURLANISH

ULTRABINAFSHA NURLANISH, ultrabinafshanurlar — toʻlqin uz. 10* m dan 410 7 m gacha boʻlgan elektromagnit nurlanish. U. n. koʻzga koʻrinadigan nurlanishning qisqa toʻlqinli qismi bilan rentgen nurlarning uzun toʻlqinli qismi oraligʻida joylashgan. Toʻlqin uz. 2Yu*7 m dan katta boʻlgan Ultrabinafsha nurlanishni lyuminoforlar bilan qoplangan ekran orqali sezish mumkin. Bunda ekranga tushiriladigan spektrning binafsha nur tushgan joyining yonboshi oʻzidan nur chiqara boshlaydi. Bunday Ultrabinafsha nurlanishni dastlab nemis olimi N. Ritter va ingliz olimi U. X. Vollaston xlorli kumushga fotokimyoviy modda taʼsir qilib sezishgan (1801). Toʻlqin uz. 210 7 m dan kichik Ultrabinafsha nurlanish barcha moddalar, hatto havoning yupqa qatlamida ham kuchli yutiladi. Uni aniklash uchun vakuum spektral asboblardan foydalaniladi. Toʻlqin uzunligi qisqa Ultrabinafsha nurlanishni birinchi boʻlib nemis olimi V. Shuman oʻzi yaratgan flyuoritdan yasalgan prizmali vakuum spektrografi yordamida qayd etgan (1885—1903).

Ensiklopediya.uz
ULTRABINAFSHA NURLANISH